Shashmaqom festivali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shashmaqom festivali
Janri Musiqiy
Boshlanish kuni 2022-yil May
Boshlanishi 2022-yil
Oʻtkazilishi 2 yilda bir marotaba
Lokatsiya Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Faol yillari 2022-yil
Ochilish 2022-yil
Eng soʻnggi tadbir 2022-yil May

Shashmaqom festivali — ilk bor 2022-yil oʻtkazilgan va 2022-yildan boshlab, Buxoroda 2 yilda bir marotaba may oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan festival. Festival Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-noyabrdagi „Buхoro viloyatida yosh ijrochilarning „Shashmaqom“ Respublika festivalini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 685-son qaroriga muvofiq tashkillashtiridi[1][2][3][4].

Festival Buxoro viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi[5].

Festivalda 30 yoshgacha boʻlgan yakkaxon ijrochilar hamda faqat tarkibi 15 dan ortiq boʻlmagan xonanda va sozandalardan tashkil topgan ijodiy jamoalar faqatgina maqom asarlari bilan ishtirok etadi. Festival 2 ta yoʻnalish: „Mushkilot“ (cholgʻu) va „Nasr“ (ashula) boʻyicha oʻtkaziladi. Ishtirokchilarning chiqishlari 9-11 nafar ekspertdan iborat hakamlar hay’ati tomonidan 10 ballik tizimda baholandi. Festival gʻoliblari diplomlar, qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi[6].

Mazkur festivaldan koʻzlangan maqsad, hujjatda ta’kidlanganidek, oʻzbek musiqa san’atini yanada yuksak bosqichga koʻtarish, milliy maqom san’atini jahon sahnasiga olib chiqish, iste’dodli yoshlarni aniqlash, ragʻbatlantirish va targʻib qilish, umuman, yoshlar oʻrtasida maqom san’atiga qiziqishni oshirishdan iborat[3].

Festivalda ijro etiladigan asarlar roʻyxati festivalga uch oy qolganda tashkilotchilar tomonidan tasdiqlanadi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi[3][6][7].

2022-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

Festival ilk bor 2022-yil may oyida Buxoroda oʻtkazildi[8][9].

Tadbirning ochilish marosimi Buxoro shahridagi Yoshlar markazida boʻlib oʻtdi. Tadbirda Buxoro viloyati hokimi B. Zaripov nutq soʻzladi. Tadbirda Oʻzbekiston Qahramoni Munojot Yoʻlchiyeva, Matluba Dadaboyeva, Gulbahor Erqulova kabi aktrisalar ishtirok etdi[8].

Tadbir doirasida boʻlib oʻtgan konsert dasturida „Mustahzod“, „Mustahzodi navo qashqarchasi“, „Samarqand ushshogʻi“, „Toshkent irogʻi“, „Qadimgi ushshoq“, „Eshvoy“ kabi maqom asarlari va kuy-qoʻshiqlar ijro etildi[9].

Festivalda 30 yoshdan kichik boʻlgan, yakkaxon ijrochilar ishtirok etdi. 15 dan ortiq boʻlmagan xonanda va sozandalardan tashkil topgan ansambllar ishtirok etdi. Ishtirokchilarning chiqishlari 9-11 nafar ekspertdan iborat hakamlar hay’ati tomonidan 10 ballik tizimda baholandi[10][11].

Festival Buxoro viloyati hokimligi tomonidan tashkillashtirildi[10][11].

Bu yilgi festivalning taqdirlash marosimi 2022-yilning 24-mayida boʻlib oʻtdi[9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „BUХORODA YOSH IJROCHILARNING "SHASHMAQOM" FESTIVALI OʻTKAZILADI Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/buhoroda_esh_ijrochilarning_shashmaqom_festivali_utkaziladi“. https://www.norma.uz. norma.uz. Qaraldi: 2023-yil 23-iyul.
  2. „В Бухаре будет проводиться Республиканский фестиваль юных исполнителей «Шашмаком»“. https://uza.uz. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi. Qaraldi: 2023-yil 23-iyul.
  3. 3,0 3,1 3,2 „В Бухаре будет проводиться Республиканский фестиваль юных исполнителей «Шашмаком»“. https://yuz.uz. Yuz.uz. Qaraldi: 2023-yil 23-iyul.
  4. „Buxoroda yosh ijrochilarning “Shashmaqom” festivali o‘tkaziladi“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2023-yil 23-iyul.
  5. „Buxoroda Yosh ijrochilarning “Shashmaqom” respublika festivali tashkil etiladi“. https://yuz.uz. Yuz.uz. Qaraldi: 2023-yil 23-iyul.
  6. 6,0 6,1 „Buxoroda Yosh ijrochilarning “Shashmaqom” respublika festivali o‘tkaziladi“. https://uzreport.news. Uzreportnews. Qaraldi: 2023-yil 23-iyul.
  7. „Buxoroda Yosh ijrochilarning “Shashmaqom” respublika festivali o‘tkaziladi“. https://aniq.uz. aniq.uz. Qaraldi: 2023-yil 23-iyul.
  8. 8,0 8,1 „Buxoroda yosh ijrochilarning “Shashmaqom” respublika festivali oʻtkazilmoqda“. https://xs.uz. Xalq Soʻzi. 2023-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-iyul.
  9. 9,0 9,1 9,2 „Yosh ijrochilarning “Shashmaqom” respublika festivali boshlandi“. https://oyina.uz. Oyina. Qaraldi: 2023-yil 23-iyul.
  10. 10,0 10,1 „Республиканский конкурс будет проходить в Бухаре каждые два года.“. https://uz.sputniknews.ru. Sputniknews. Qaraldi: 2023-yil 23-iyul.
  11. 11,0 11,1 „Фестивали Бухары“. https://dolorestravel.com. Qaraldi: 2023-yil 23-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]