Shahed 129

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahed 129

Shahed 129 ning ikkinchi avlodi
Tavsifi
Turi Razvedkachi UUA
Loyihalovchi Eron „Shahed Aviation Industries“ tadqiqotlar markazi
Ishlab chiqaruvchi Eron Iran Aircraft Manufacturing Industrial Company
Ekspluatatsiya boshi 2012-yil bahori
Maqomi foydalanilmoqda
ishlab chiqarilmoqda
Asosiy ekspluatant Eron HHK
umumiy soni 30
Narxi $ 7.5 mln.
Asos model Shahed 123
Oʻlchamlari
Uzunligi 8 m
Boʻyi 3,1 m
Ogʻirligi 400 kg
Shahed 129 Vikiomborda

Shahed 129 (forscha: شاهد ۱۲۹) — „Shahed Aviation Industries“ tomonidan Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (IIQK) uchun ishlab chiqilgan Eronning bir dvigatelli oʻrta balandlikda uzoq masofaga uchuvchi uchuvchisiz uchuvchi apparatidir (UUA). Shahed 129 jangovar va razvedka missiyalarini bajarishga qodir va 24 soatlik avtonomlikka ega. Hajmi, shakli va maqsadi boʻyicha Amerikaning „MQ-1 Predator“[1] UUAga oʻxshash va Eron harbiy qurolli kuchlarida foydalanuvchi eng samarali dronlardan biri hisoblanadi. UUA nomi fors tilidan tarjima qilganda „shohid“, „guvoh“ yoki „kuzatuvchi“ degan maʼnoni bildiradi.

UUA Suriya fuqarolar urushi davridagi havo hujumlari paytida va Eronning sharqiy chegarasida chegarani qoʻriqlashda ishlatilgan[2]. „Saegeh“ UUA „Shahed 129“ bilan birgalikda keyingi oʻn yil davomida Eronning yuqori texnologiyali UUA flotining asosini tashkil qilishi kutilmoqda[2].

Dizayni[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-yilda Eron samolyotsozlik sanoati kompaniyasi (HESA) „HESA-100“ UUAni loyihalashni boshlaydi. „HESA-100“ asosan „Shahed 129“ bilan bir xil dizaynga ega edi, ammo undan qisqaroq va kvadrat fyuzelyajga ega edi. „HESA-100“ keyinchalik „Shahed 123“ deb qayta nomlandi va keyinchalik „Shahed 129“ ga aylantirildi. Bir qator manbalarda qayd etilishicha, „Shahed 129“ Eronda halokatga uchragan Isroilning „Hermes 450“ UUAdan koʻchirilgan[3].

Buyurtmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

IIQK uchun 2024-yilgacha 40 ta Shahed 129 UUA sotib olish rejalashtirilgan. Dronning „Semurg'“ (Simurgʻ) deb nomlangan harbiy-dengiz versiyasini yetkazib berish ishlari ham boshlangan.

Rossiyaga[tahrir | manbasini tahrirlash]

Washington Post gazetasining AQSh razvedka maʼlumotlariga tayanib yozishicha, Eron Ukrainaga qarshi urushda foydalanish uchun Rossiyaga uchuvchisiz uchish apparatlarining birinchi partiyasini yuborgan. Shahed va Qods Mohajer-6 dronlari 2022-yil 19-avgustda yuborilgan[4].

Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umumiy[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ekipaj: yoʻq
  • Yuk koʻtaraolishi: 400 kg foydali yuk
  • Uzunligi: 8 m
  • Qanotlari kengligi: 16 m
  • Balandligi: 3,1 m
  • Quvvati: 1 × Rotax 914 75 kVt (100 ot kuchi) toʻrt silindrli toʻrt taktli samolyot dvigateli)
  • Parvonalar: 3 parrakli

Ishlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Kreyser tezligi: 150 km/soat
  • Jangovor uchish masofasi: 1700 km
  • Toʻliq uchish masofa: 3400 km
  • Parvoz avtonomligi: 24 soat
  • Maksimal uchush balandligi: 7300 m

Qurollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bombalar: 4 × Sadid-345 PGM

Avionika[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oghab-6 elektro-optik/infraqizil sensori
  • Lazerli masofa oʻlchagich

Operatorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Col. Ryan Dillon. „Inherent Resolve Spokesman Briefs Reporters“. Combined Joint Task Force - Operation Inherent Resolve (2017-yil 8-iyun).
  2. 2,0 2,1 Taghvaee, Babak (Jul 27, 2017). "Shahed 129 Heads Iran's Armed UAV Force". Aviation Week & Space Technology. http://aviationweek.com/defense/shahed-129-heads-iran-s-armed-uav-force. 
  3. Aniseh Bassiri Tabrizi and Justin Bronk. „Armed Drones in the Middle East: Proliferation and Norms in the Region“. Royal United Services Institute (RUSI) (2018-yil 17-dekabr). 2021-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-sentyabr.
  4. Washington Post: Iran peredal Rossii bespilotniki dlya voyni v Ukraine, BBC, 30.08.2022
  5. „Мощнее Bayraktar: эксперт рассказал о российском БПЛА "Орион"“ (ru). Sputnik Армения. Qaraldi: 2020-yil 4-dekabr.