Serenada

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Serenada (ital. sera — oqshom soʻzidan) — I) Yevropada eshik yoki deraza ortida turib maʼshuqaga boʻlgan hislarni ifodalovchi ishqiy qoʻshiq. Italiyada paydo boʻlib (16-asr), jan. roman xalqlari orasida keng tarkalgan. Keyinroq kamer vokal musiqa janriga aylangan va operada ham qoʻllanilgan (M. Glinkaning "Bolero" romanei, V. Motsartning "Don Juan" operasidagi S. va boshqalar); 2) S. qoʻshiqlarining oʻziga xos tomonlarini ifodalovchi cholgʻu pyesa; 3) 17—18-asrlarda cholgu ansambllari uchun yaratilgan turkum asarlar; 4) 17—18-asrlarda tantanavor yigʻinlar uchun yozilgan asar (koʻpincha yakkaxonlar uchun kantata koʻrinishida boʻlgan).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil