Senga bogʻlangan qalbim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Senga bogʻlangan qalbim“
„Bolalar“ qoʻshigʻi
„9-albom“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 1999
Yozib olingan 1999
Janr rok
Davomiyligi 3:42
Matn muallif(lar)i Tohir Sodiqov
Bastakor(lar) Tohir Sodiqov
„9-albom“ xronologiyasi
„Tanlagandim men seni“ Senga bogʻlangan qalbim „Faqat isming“

Senga bogʻlangan qalbim“ — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1999-yil chiqarilgan „9-albom“ nomli studiyaviy albomiga beshinchi trek oʻlaroq kiritilgan[1]. „Senga bogʻlangan qalbim“ guruh repertuaridagi sanoqli rok janridagi qoʻshiqlarning biridir. Qoʻshiqning matnini ham, kuyini ham guruh solisti Tohir Sodiqov yozgan[manba kerak].

„Senga bogʻlangan qalbim“ qoʻshigʻi mi-major tonalligida ijro etilgan[2]. Tarona guruh gitarachisi Timur Gaynutdinov chalgan pauer-akkordlar hamda Sodiqovning kuchli vokali bilan tinglovchilar eʼtiborini qozongan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „"Болалар" гуруҳининг 9 чи оригинал альбоми“. YouTube (1-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.
  2. Atayev, Nodir „Akkord zinalari“. Gitara chalishni oʻrganamiz. 2022-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-avgust 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]