Semantika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Semantika (yun. semantikos — bildiruvchi, ifodalovchi) — 1) til yoki uning bironbir birligi (soʻz, soʻzning grammatik shakli, frazeologizm, soʻz birikmasi, ran) orqali ifodalanadigan butun mazmun, maʼno, axborot; 2) turli til birliklarining maʼnoviy tomonini oʻrganuvchi tilshunoslik boʻlimi; semasiologiya. Ayrim lugaviy unsurlar tushunchalarni bildiradi, bu tushunchalarni esa faqat toʻliq gaplar va ularning qoʻshilmalari ifodalashi mumkin. Binobarin, S.ning oʻrganish obʼyekti ham, asosan, toʻliq, mustaqil maʼnoli soʻzlar va gaplarning maʼnolar tizimidir. S. fan sifatida 19-a.ning 2-yarmidan rivojlana boshlagan va hozirgacha birbiridan sifat jihatidan farqlanuvchi bir necha bosqichni oʻtgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil