Selenit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Selenit (yun. selene — Oy) — gips turi, mineral. Odatda, togʻ jinslari yoriklarida devorlarga perpendikulyar joylashgan ingichka tolasimon mineral agregatlar hosil qiladi. Uzunligi 10—15 sm gacha boʻlib, yorugʻlik nurlarini ipak singari chiroyli aks ettiradi. Turli aralashmalariga qarab rangi oq, zangori oqdan sariq va pushti ranggacha boʻladi. S. bezaktosh sifatida keng qoʻllaniladi (yana qarang Gips). [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil