Saydzyo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saydzyo

西条市
Shahar
Skyline of Saydzyo
Saydzyo
Bayroq
Saydzyo
Gerb
33°55′10.4″N 133°10′52.2″E / 33.919556°N 133.181167°E / 33.919556; 133.181167 G OKoordinatalari: 33°55′10.4″N 133°10′52.2″E / 33.919556°N 133.181167°E / 33.919556; 133.181167 G O
Mamlakat Yaponiya
Hudud Sikoku
Prefektura Ehime
Hukumat
 • Mer Tosihisa Tamai (2016-yil noyabr oyidan beri)
Asos solingan 137-yil (rasman)
Maydon 509.98 km2 (196.90 mi²)
Aholisi
 (2022-yil 31-avgust)
106,016 kishi
Saydzyo xaritada
Saydzyo
Saydzyo
Saydzyo shahar hokimiyati

Saydzyo (yaponcha: 西条市 Saydzyo-si?) Yaponiyaning Ehime prefekturasida joylashgan shahardir. 2022-yil 1-sentyabr holatiga koʻra, shaharda 58803 ta xonadonda 106016 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi 1 km ga 210 kishidan toʻgʻri kelgan[1]. Shaharning umumiy maydoni 509,98 kvadrat kilometr (196,90 mi²).

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saydzyo Sikoku orolining markaziy Ehime prefekturasida joylashgan va shimolda Seto ichki dengizi bilan chegaradosh. Yaponiyaning gʻarbiy qismidagi eng baland choʻqqisi boʻlmish Isidzuchi togʻining etagida joylashgan. Saydzyo shahri keng hududni oʻz ichiga oladi va butun Dodzen tekisligi boʻylab Isidzuchi togʻ tizmasi etaklaridan Seto ichki dengizigacha (sobiq Sayjo shahri, Toyo shahri, Komatsu shahri va Tanbara shahri) va undan ham kichikroq shaharlarni oʻz ichiga oladi. Dodzen tekisligini bir nechta daryolar kesib oʻtadi, eng kattasi Kamo va Nakayama daryolaridir.

Saydzyo oʻzining tabiiy buloq suvi bilan mashhur. Shahar boʻylab tarqalgan buloqlar Saydzyoning „Yaponiyaning bahorgi suv poytaxti“ deb atalishiga sabab boʻlgan. Mahalliy ravishda uchinuki nomi bilan tanilgan koʻplab favvoralar shahar boʻylab tarqalgan. Bu yerdagi suvni mahalliy aholi va mehmonlar shishalarga solib, oʻzlari bilan olib ketishadi. Aksariyat xususiy uylar suvdan foydalanish uchun xususiy quduqlar ham qazishgan[2]. Kobosui deb nomlanuvchi mashhur chuchuk suv bulogʻi Kukay (shuningdek, Kobo-Daisi nomi bilan ham tanilgan), Saydzyo bandargohi tubidan otilib chiqadi. Buloqqa mahalliy aholi va buddist ziyoratchilar tashrif buyurishadi.

Qoʻshni munitsipalitetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ehime prefekturasi

Kochi prefekturasi

  • Ino

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saydzyoda nam subtropik iqlim shakllangan, yozi issiq va qishi salqin, qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Saydzyoda oʻrtacha yillik harorat 14,1 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1839 mm, sentyabr esa eng nam oy hisoblanadi. Eng yuqori harorat yanvarda 25,3 °C ni, eng past harorat ham yanvarda kuzatilib, 3,0 °C ni tashkil etadi[3].

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
1960116 523—    
1970108 270−7.1%
1980112 961+4.3%
1990115 251+2.0%
2000114 548−0.6%
2010112 134−2.1%

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Saydzyo aholisi 1960-yillardan beri barqaror.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
1960116 523—    
1970108 270−7.1%
1980112 961+4.3%
1990115 251+2.0%
2000114 548−0.6%
2010112 134−2.1%

Tili[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saydzyo aholisi Gʻarbiy yapon tillari guruhining bir qismi boʻlgan va koʻp jihatdan Kansay lahjasiga oʻxshash Iyo lahjasining Toyo (sharqiy Ehime) variantida gaplashadi. Lahjadagi baʼzi mahalliy oʻzgarishlar tufayli Saydzyodagilar oʻzlarining Toyo shevasini oʻziga xos shaklini Saydzyo dialekti (Saydzo-ben) deb atashadi[4][5].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimgi davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saydzyo hududi qadimgi Iyo viloyatining bir qismi boʻlgan vaDzyomon davridan beri insonlar yashab kelgan. Buni Ichikura togʻli hududida topilgan miloddan avvalgi 6000 yillarga oid sopol idishlar tasdiqlaydi. Hachido togʻi va uning atrofidan oʻrta va soʻnggi Yayoi davriga oid koʻplab ashyolar topilgan. Hududdan koʻplab ibodatxona qoldiqlarining topilishi bu yerning qurilish uchun qulay va dengizga yaqinligi bilan ifodalanadi[6].

Oʻrta asrdan yangi tarix davrigacha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kamakura davrining boshida syogunlik qudratli Kono urugʻini butun Iyo viloyatiga, shu jumladan Saydzyoda gubernator (syugo) etib tayinlagan. Kono uzoq vaqtdan beri Saydzyo hududining manorial lordi sifatida mintaqa ustidan hokimiyatni ushlab turgan. Biroq, 1342-yilda Asikaga Takaudzi butun Sikoku ustidan syogunlik hokimiyatini mustahkamlashga harakat boshlaydi. Shuning uchun taklifning bir qismi sifatida unga boʻysunuvchi Hosokava urugʻiga Iyo viloyatiga bostirib kirishni buyurgan. Hosokava urugʻi hududni Sengoku davrigacha nazorat qilqilgan. Saydzyo hozirgi Sunouchi tumanidagi Takakogi qal’asida Isikava urugʻi tomonidan boshqarilgan[6].

Tokugava syogunligining tashkil topishida, Saydzyo 1636-yilda Saydzyo domenini tashkil etiilgunga qadar bir qator hokimlar tomonidan boshqarilgan. Hitotsuyanagi Naomori bu domenning xoʻjayini etib tayinlangan, biroq Osakada kasallikdan vafot etgan. Uning vorislari 1665-yilda siyosiy sabablarga koʻra, shu jumladan dehqonlar qoʻzgʻoloni tufayli syogunlik domenni oʻz hukmronligi ostiga olgunga qadar ikki avlod hukmronlik qilgan. 1670-yilda syogunlik Tokugava Ieyasuning nabirasi Matsudaira Yoridzumini oʻrnatdi, uning avlodlari Meydzi islohotigacha 10 avlod hukmronlik qilgan.

Saydzyo geografiyasida Edo davrida katta oʻzgarishlar yuz bergan. Hitotsuyanagining ikkinchi hukmdori Naosige Saydzyo qal’asini qurgan va uning atrofida xandaq barpo qilish uchun Kita daryosini burgan. Sobiq qal’a hududida hozirda xandaq va qal’a darvozasi ichida Yaponiyadagi bir nechta davlat maktablaridan biri boʻlgan Saydzyo oʻrta maktabi joylashgan. Kamo daryosi uchun toshqinni nazorat qilish va Seto ichki dengizidagi melioratsiya loyihalari Sengoku davrining oxirida boshlanib, Edo davrida ham davom etgan. Matsudaira oilasi oʻzlarining shaxsiy yerlarini koʻpaytirish vositasi sifatida yirik meliorativ loyihalarni amalga oshirgan[7].

Zamonaviy tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meydzi islohotidan soʻng, 1871-yilda Saydzyo va unga qoʻshni Komatsu domenlari mos ravishda Saydzyo prefekturasi va Komatsu prefekturasiga aylantirilgan. Oʻsha yili ikkala prefektura yangi Matsuyama prefekturasiga birlashtirilgan va Kamiyama prefekturasi bilan birlashtirilgunga qadar Ishizuchi prefekturasi deb oʻzgartirilgan. 1873-yilda hozirgi Ehime prefekturasi tashkil etilgan[7]. Hudud 1889-yil 15-dekabrda zamonaviy tumanlar tizimining tashkil etilishi bilan Ehime okrugi Nii tumanidagi qishloqlarga boʻlingan. 1925-yil 11-fevralda Tamatsu, Omachi va Kansai (Sinxay qishlogʻi) qishloqlarining qoʻshilishi natijasida Saydzyo shahri tashkil etilgan. 1941-yil 29-aprelda Saydzyo Iioka (Iioka qishlogʻi), Kanbe (Kobe qishlogʻi), Tachibana (Tachibana qishlogʻi) qishloqlari va Ximi shahri (Himi shaharchasi) bilan birlashtirilgan va shahar maqomi berilgan.

2004 yil 1-noyabrda Saydzyoga Toyo shahri va Komatsu, Tanbara shaharchalari (ikkalasi ham Suso tumanida) qoʻshilgan .

Hukumati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uvadzima toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 28 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash shakliga ega. Saydzyo Ehime prefekturasi assambleyasiga toʻrtta aʼzodan hissa qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Ehime 3-okrugi tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kengaytirilgan Saydzyo hududi togʻ oʻrmonlari, qishloq xoʻjaligi yerlari va qirgʻoq chizigʻi hududlarni oʻz ichiga olganligi sababli, shahar turli xil iqtisodiyotga ega[2].

Yogʻoch kesish Ofuki qishlogʻi togʻlarida asosiy sanoat sohasi boʻlgan. Hudud aholisi 1960-yillargacha koʻpayib borgan, chet eldan yogʻoch importi kuchayib, aholining keskin qisqarishi kuzatilgan va 2011-yil holatiga koʻra Ofukida oʻrtacha yosh 67 yoshni tashkil etgan[2]. Yogʻoch kesishdan tashqari, togʻ-kon sanoati ham iqtisodiyotining asosiy qismi hisoblangan. Yaqin atrofdagi Ichinokava koniga Edo davrining boshida asos solingan va 1957-yil yopilguniga qadar surmaning asosiy manbai boʻlib kelgan. Kondan olingan yirik stibnit kristallari Saydzyoda ham, butun dunyodagi muzeylarda ham namoyish etiladi. Shaxtani Sou davrida Sumitomo Metal Mining Co. sotib olishidan oldin Sogabe oilasi avlodlari nazorat qilgan. Bugungi kunda kon majmuasidan shaxtalardan biriga olib boradigan yopiq tosh shlyuz qolgan[8].

Education[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saydzyoda 26 ta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan oʻnta davlat oʻrta maktabi mavjud. Shaharda Ehime prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan beshta davlat oliy maktabi mavjud.

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temir yoʻllari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sikoku temir yoʻl kompaniyasi – Yosan liniyasi

  • Iyo-Saydzyo – Isidzuchiyama – Iyo-Himi – Iyo-Komatsu – Tamanoe – Nyugava – Iyo-Miyosi

Magistral yoʻllari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Matsuyama avtomagistrali
  • Imabari-Komatsu avtomagistrali

Portlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Toyo porti

Qardosh shaharlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taniqli shaxslari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Dzudziro Vada – sarguzashtchi, tadbirkor va prospektor (1872—1937)
  • Asasio Taro II, Taisyo davri odzeki (1879—1962)
  • Sindzi Sogo, Saydzoning ikkinchi meri (1884—1981) Sinkansenning yaratilishiga hissa qoʻshgan.
  • Yukio Seki, birinchi kamikadze boʻlinmalaridan biri „Sikisima-tay“ eskadronining rahbari (1921—1944)
  • Nobutaka Taguchi, 1972-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 100 metrga brass usulida suzish boʻyicha oltin medal sovrindori (1951-yilda Toyoda tugʻilgan)[10]
  • Kaori Manabe, televizion shaxs va model (1980-yilda tugʻilgan)[11]
  • Yuto Nagatomo, futbolchi (1986-yil tugʻilgan)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Saijō city official statistics“ (ja).
  2. 2,0 2,1 2,2 Saijō City Disaster Prevention Department (ja) Saijō City Disaster Prevention Department: . Saijō City, printed by Watanabe Publishing, March 2012. 
  3. Saijō climate data
  4. Fujioka, Kazuo (January 1989). "郷土の方言について[On Our Local Dialect]" (ja). 西條史談 [Saijō Journal of History] (Saijō Historical Society) (16): 43–53. 
  5. Yamamoto, Masaru (September 2003). "伊予国 西条弁(その一)[Iyo Province: Saijō Dialect (Vol. 1)]" (ja). 西条史談 [Saijō Journal of History] (Saijō Historical Society) (59): 62–90. 
  6. 6,0 6,1 {{{title}}} (ja) Ehime Prefecture High School Education Research Association, Social Studies Department: . Ehime Prefecture High School Education Research Association, Social Studies Department, printed by Seki Publishing, March 1993. 
  7. 7,0 7,1 {{{title}}} (ja) Kadokawa Encyclopedia of Japanese Place Names Editing Committee: . Kadokawa, October 1981. 
  8. (ja) Ichinokawa Community Center: . Ichinokawa Community Center, March 1983. 
  9. List of Sister Cities, Ehime Prefectural Government, 2013
  10. Great Men of Ehime: Taguchi Nobutaka (Wayback Machine saytida 2014-02-22 sanasida arxivlangan), Ehime Prefectural Lifelong Learning Center"(yaponcha)
  11. I’ve returned to Saijō, Kaori Manabe – Official Blog, 2012"(yaponcha)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]