Sapayev Eshmurod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sapayev Eshmurod (1923, Koʻhna Urganch) — kulol, Xorazm kulollik maktabining qad. anʼanaviy usullarini rivojlantirgan. Xorazm vohasida katta hajmli xumlar yaratadigan yagona usta; u yaratgan xumlar qatʼiy bir shaklda nafis ishlanib (bal. 1 m dan optik,), feruza tusli sir bilan sirlangan, handasiy naqsh va hayvon tasvirlari (qoʻchqor shoxi va boshqalar) uziga xosligi bilan ajralib turadi. S. shuningdek, bodiya, choynak, kosa, piyola, qoʻshquloq va boshqa badiiy idishlar yaratadi, xom ashyoni qad. usulda (togʻ minerallari — toshlarni kuydirib, maydalab, metall va oʻsimlik kukuni qoʻshib) tayyorlaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil