Salta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Salta — Argentinaning shim. qismidagi shahar, Lerma vodiysida joylashgan va And tog'lari bilan oʻralgan. Salta provinsiyasining maʼmuriy markazi. U oʻzining yaxshi saqlanib qolgan mustamlaka me'morchiligi, jonli madaniyati va yaqin atrofdagi And landshaftlariga kirish eshigi sifatida tanilgan. Shaharda koʻplab muzeylar, cherkovlar va maydonlar, jumladan, tarixiy Plaza 9 de Julio va Inka tsivilizatsiyasining muhim osori-atiqalari saqlanadigan Alta Montana muzeyi joylashgan. Aholisi 462 ming kishi (2001). Transport yoʻllari tuguni. Qishloq xoʻjaligi rayonining (shakarqamish, tamaki, sholi) savdo markazi. Oziqovqat, yengil, neftni qayta ishlash korxonalari, universitet bor. Shaharga 1582-yilda asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklardan 17— 18-asrlarda qurilgan cherkov, monastir va soborlar saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil