Salim Otaqulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Salim Otaqulov
Tavalludi 10-yanvar 1952-yil (1952-01-10) (72 yosh)
Payariq tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi matematik olim
Sohasi matematika
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti
Ilmiy darajasi fizika-matematika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Salim Otaqulov (1952-yil 10-yanvar, Payariq tumani Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1993), professor.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salim Otaqulov 1952-yil 10-yanvar Payariq tumanida tugʻilgan[1]. 1974-yilda Samarqand davlat universiteti matematika fakultetini tugatgan. 1974—1980-yillarda Samarqand davlat universiteti oʻquv-hisoblash markazi xodimi, 1980—2005-yillarda ushbu universitetning matematika fakultetida assistent, dotsent, professor, kafedra mudiri, 2005—2006-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali professori vazifasida faoliyat koʻrsatgan. 2016-yildan Jizzax politexnika instituti „Oliy matematika“ kafedrasi professori[1].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salim Otaqulov 1977—1979-yillarda Ozarbayjon davlat universiteti aspiranturasida tahsil oladi va 1981-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. 1993-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 280 dan ziyod ilmiy ishlar, shu jumladan, 2 ta monografiya, 10 dan ortiq oʻquv uslubiy qoʻllanmalar muallifi. Turon fanlar akademiyasi akademigi (2021)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342 bet. 

Andoza:OʻTOE