Saidikrom Niyozxoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saidikram Parxatovich Niyazxodjayev
 Oʻzbеkistоnning Qozogʻistondagi elchisi
 
Mansab davri
2018-yil 12-martdan
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Ikrom Nazarov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 9-iyun 1965-yil (1965-06-09) (58 yosh)
Toshkent

Saidikram Parxatovich Niyazxodjayev — oʻzbek iqtisodchisi, diplomat. Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchisi[1]. 2015—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1965-yil 9-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan.

1989-yilda Toshkent politexnika institutini quruvchi-muhandis mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

1989-1991 — Toshkent politexnika instituti fakultet dekani yordamchisi, muovini.

1991-1995 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qishloq aholisini tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan taʼminlashni yaxshilash komissiyasi kotibiyati eksperti, katta eksperti.

1995-1996 — Vazirlar Mahkamasini qurilish, qurilish materiallari sanoati va kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi katta eksperti.

1996-1999 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining kotibiyati mudiri va yordamchisi.

1999-1999 — Vazirlar Mahkamasining Bosh vazir oʻrinbosari kotibiyati mudiri — qurilish va yoʻl-transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish kompleksi rahbari.

1999-2000 — Vazirlar Mahkamasining Investitsion loyihalar Departamenti muhim investitsion dasturlarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish guruhi bosh mutaxassisi.

2000-2004 — Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari kotibiyati muhim investitsion loyihalarni amalga oshirish koordinatsiyasi va nazorat guruhi bosh mutaxassisi.

2004-2004 — Vazirlar Mahkamasining kommunal taʼminot va transport, qurilish materiallari sanoati, qurilish kompleksi kotibiyati pudrat ishlari dasturini shakllantirish guruhi rahbari.

2004-2011 — Ijtimoiy-iqtisodiy siyosat masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi xizmati yetakchi konsultanti, bosh konsultanti.

2011-2014 — Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi oʻrinbosari.

2014-2015 — Iqtisodni modernizatsiyalash, sanoat va ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari.

2015-2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.

2018-yildan — Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]