Refik Halit Karay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Refik Halid Karay
Asl ismi Refik Halid Karay
Tavalludi 1888-yil 15- mart
Turkiya, Istanbul
Vafoti 1965-yil 18-iyul Turkiya Istanbul
Istanbul, Zinjirlikuyu Qabristoni
Taxallusi Kirpi
Ijod qilgan tillari Turk tili[1] va Usmonli turk tili
Fuqaroligi Turk
1909-yil fevraldagi Musavver Hale jurnalida Refik Halit Karay
Refik Halit Karay 1919-yil 18-sentyabrdagi Servet-i Funun jurnalida


Refik Xalid Karay — Turk yozuvchisi. U 1888-yil 15-martda Turkiyaning Istanbul viloyatida tugʻilgan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Refik Halid Karayning otasi Mehmet Xolid Bey Bolu Mudurnudan Istanbulga koʻchib oʻtgan Karakayishlar oilasiga bosh hisobchisi boʻlib ishlagan.

Konstitutsiyaviylik ning eʼlonidan keyin u jurnalistika bilan shugʻullana boshlagan. 1909- yilda ''Tarjumon-i Haqiqat'' gazetasida tarjimon va muxbir boʻlib ishlagan.

Undan soʻng Fejriati jamoasiga qoʻshiladi va „Kirpi“ imzosi bilan " Kalem " jurnaliga maqolalar yoza boshladi. [2]

Maqolalari tufayli 1913-yilda Sinopga surgun qilingan. Keyinchalik Chorum, Anqara va Bilejikga yuborildi . Istanbulga qaytgach, bir muddat Robert kollejida turk tili o‘qituvchisi bo‘lib ishladi, undan keyin Pochta-telegramma bosh boshqarmasida faoliyat yuritadi. Hurriyet va Itilaf Firkasi aʼzosi bo`lganidan so`ng „Aydede“ siyosiy hazil jurnalini nashr eta boshlaydi.

Mustaqillik urushi(turk. Istiklal savashi)ga qarshi yozgan maqolalari tufayli xiyonatda ayblanadi va Yuzelliliklar (qora roʻyhat)ga kiritiladi. U uzoq vaqt xorijda, Bayrut va Halabda surgunda yashaydi. Mustafo Kamol Otaturkga yozgan sheʼrlari va maktublari bilan Yuzelliliklar roʻyxatidagilarning kechirilishida muhim rol oʻynadi. 16 yillik surgunlikdan keyin 1938-yilning iyulida Turkiyaga qaytib keladi. 1948-yilda yana "Aydede" jurnalini chiqarishni boshladi.

Rafiq Halit Karay qabri

1965-yil 18-iyulda Istanbulda vafot etgan va Karay Zinjirlikuyu qabristoniga dafn qilindi.

Turk adabiyotidagi oʻrni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Refik Xolid turk adabiyotida ilk bor Onadoʻlini tanitgan asarlari bilan nom qozongan, satirik va hajviy asarlari bilan mashhur boʻlgan. U mushohadalarga asoslangan asarlarida sodda, ravon tili, taʼrif, portret va o‘xshatishlardan foydalanishdagi mahorati bilan 20-asr romanchilari orasida alohida o‘rin tutadi.

Seyit Kamol Karaaliogʻlu uni shunday tasvirlaydi: Refik Halit Karay U „Yangi til“ harakatida muhim o‘rin tutgan, so‘zlashuv tilini o‘z asarlarida katta mahorat bilan qo‘llagan yozuvchidir. Uning hikoya va romanlarida rang-baranglik, mushohada boyligi alohida ajralib turadi. [3]

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roman
  • «Istanbulning yuzi» (1920)
  • «Oy orqasida» (1922)
  • «Yazid qizi» (1939)
  • «Chete» (1940)
  • «Surgun» (1941)
  • «Anahtar» (1949)
  • «Bu bizning hayotimiz» (1950)
  • «Nilgun» (1950-1952)
  • «Yer ostida dunyo bor» (1953)
  • «Ayol oʻrgimchak» (1953)
  • «Ikki ming yillik oshiq» (1954)
  • «Ikki tanali ayol» (1955)
  • «Ayollar uyi» (1956)
  • «Qorli togʻdaki olov» (1956)
  • «Toʻrt bargli yonja» (1957)
  • «Ohirgi qadah» (1965)
  • «Yerini sevgan nihol» (1977)
  • «Non qoʻldan suv qoʻldan» (1980)
  • «Oyning oʻn toʻrti» (1980)
  • «Suzuvchi bogʼ» (1981)
Hikoyalari
  • «Mamlakat hikoyalari» (1919)
  • «Gʻurbat hikoyalari» (1940)
Hazilari
  • «Hech qachon aladanma, ishonma»
  • «Kirpining soʻzlari»
  • «Ay orqangda»
  • «Tanishlarim»
  • «Jinni»(1939)


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. Edebiyatımızda İsimler Sözlüğü. Yapı Kredi Yayınları — 222-224 bet. 
  3. Resimli Motifli Türk Edebiyatı Tarihi. İnkılâp Yayınevi, 1985.