Rauf Parfi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rauf Parfi (1943-2005)dan yoʻnaltirildi)
Rauf Parfi
Rauf parfi150.jpg
Taxallus: Oʻzturk
Tavallud sanasi: 27-sentabr, 1943-yil(1943-09-27)
Tavallud joyi: Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani
Vafot sanasi: 28-aprel, 2005-yil(2005-04-28)
(61 yoshda)
Vafot joyi: Toshkent, Oʻzbekiston
Kasb:
Faoliyat: shoir, tarjimon,

Rauf Parfi (Tursunali Parfiyev) — 1943-yil 27-sentyabrda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumaniga qarashli Shoʻralisoy qishlogʻida tugʻilgan. Otasi Parfi Muhammadamin savodli boʻlib, Fargʻona viloyatining Vodil qishlogʻidan sho‘rolar quvgʻini tufayli Shoʻralisoyga kelib qolgan. Onasi — Sakinaxonim Isabek qizi ham asli Fargʻonadan edi. Rauf 1958-yilda 8-sinfni tugatgach, oʻqishni Yangiyoʻl shahridagi kechki maktabda davom ettiradi va mehnat faoliyatini boshlaydi. Shoir 1960-1965 yillarda ToshDUning filologiya fakultetini tugatgan. Turli yillarda Kinematografiya davlat qoʻmitasi, „Oydin“ gazetasi, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat hamda „Yozuvchi“ nashriyotlarida muharrir boʻlib ishlagan[1].

Birinchi sheʼri 1957-yilda eʼlon qilingan. „Karvon yoʻli“ (1968), „Akssado“ (1970), „Tasvir“ (1973), „Xotirot“ (1974), „Koʻzlar“ (1976), „Qaytish“ (1981), „Sabr daraxti“ (1986), „Sukunat“ (1991), „Tavba“ (2001) sheʼriy toʻplamlari bor. Rauf Parfi lirik qahramon ruhiy olamining nozik evrilishlarini mahorat bilan tasvir etuvchi sheʼrlari bilan tanilgan. Shoir soʻzning rang va ohanglaridan, sheʼriy tasvir vositalaridan oʻziga xos uslubda foydalanadi. Sheʼrlari bir necha xorijiy tillarga tarjima qilingan[2].

Rauf Parfi Bayronnyapt „Manfred“, Nozim Hikmatning „Inson manzaralari“, Karlo Kaladzennnt „Dengiz xayoli“ va boshqa jahon sheʼriyati klassiklarining sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Rauf Parfi 2005-yil 28-martda Toshkent shahrida vafot etadi.[3]

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]