Fakultet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fakultet (lot. fakultas — imkoniyat, qobiliyat) — oliy oʻquv yurtining oʻquvilmiy, maʼmuriytashkiliy boʻlinmasi. Bir yoki bir necha yondosh mutaxassisliklar boʻyicha talaba va aspirantlarni tayyorlash, xalq xoʻjaligi va madaniyatning tegishli sohasi xodimlarining malakasini oshirish, shuningdek, oʻzi birlashtirgan kafedralarning i.t. ishlariga rahbarlik qilish bilan shugʻullanadi.

Oʻquv yurtlarining F.larga boʻlinishi oʻrta asrdagi universitetlardan boshlangan. Odatda, ilk universitetlarda 4 F. mavjud boʻlgan. Sanoat rivojlangan, fantexnika taraqqiyoti yuksalgan 18—19-a.larga kelib, oliy maktablardagi F.lar soni koʻpaygan. Ixtisosliklar va taʼlim turlari boʻyicha oʻquv ishlarini samarali yoʻlga qoʻyish uchun, ayrim hollarda, F. tarkibida bulimlar tashkil etiladi. F.dagi uquv, taʼlimtarbiya va ilmiy ishlarga dekan rahbarlik qiladi. F. faoliyatidagi asosiy masalalarni koʻrib chiqish uchun dekan rahabarligida F. ilmiy kengashi tashkil etiladi.