Rashid Rahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Rashid Rahimov
Рашид Рахи́мов
Rakhimov coaching Terek in 2017
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rashid Mamatkulovich Rahimov
Tavallud sanasi 18-mart 1965-yil (1965-03-18) (59 yosh)
Tavallud joyi Dushanbe, USSR
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Rubin Kazan (murabbiy)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000–1981 SKA-Pamir Dushanbe
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1982–1991 SKA-Pamir Dushanbe 277 (24)
1992–1994 Spartak Moskva 26 (1)
1992–1993Valladolid (loan) 29 (2)
1993–1994   Lokomotiv Mokva 14 (0)
1995–2000 Austria Wien 120 (12)
2000–2001 Admira Wacker 33 (0)
2001–2002 Ried 16 (0)
Milliy terma jamoa
1992, 1996 Tojikiston 2 (0)
1994–1995 Rossiya 4 (0)
Boshqargan klublari
2002–2004 Admira Wacker
2006–2007 Amkar Perm
2008–2009 Lokomotiv Moskva
2009–2011 Amkar Perm
2013–2017 Terek Grozny
2018–2019 Akhmat Grozny
2020–2021 Ufa
2023– Rubin Kazan
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

 

Rashid Mamatkulovich Rahimov (ruscha: Рашид Маматкулович Рахи́мов, tojikcha: Рашид Маматқулович Раҳимов; 1965-yil 18-martda tugʻilgan) — tojikistonlik va rossiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. U Qozonning „Rubin“ klubini boshqaradi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rahimovning futbolchilik faoliyatining koʻp qismi „Pomir Dushanbe“ bilan bogʻliq boʻlib, u 1980-yildan 1991-yilgacha soʻnggi uch mavsumni SSSR Oliy Ligasida oʻynagan. Shundan soʻng u „Spartak“, „Real Valyadolid“, „Lokomotiv“ kabi klublarda oʻynadi. Futbolchilik faoliyatining keyingi qismida u Avstriyaga koʻchib oʻtdi va FK Austria Wien, Admira Wacker va SV Ried klublarida oʻynadi va u erda muxlislar orasida juda mashhur edi[1].

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rahimov 1994-1995-yillar davomida Rossiya terma jamoasi safida 4 ta oʻyin oʻtkazgan. Rahimov 1992 va 1996-yillarda oʻzi tugʻilib oʻsgan mamlakati Tojikiston milliy futbol jamoasida oʻynagan[2].

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U oʻynashni tugatgandan soʻng, u 2002-yilda Admira Vakkerga menejer sifatida taklif qilindi. U klubni quyi ligaga tushib qolishdan qutqardi, ammo 2004-yilda uni tark etdi.

2006-yilda u Permning „Amkar“ klubiga taklif qilindi. Taʼsirli oʻyinlardan soʻng, „Amkar“ Premer-ligada qoldi va Rahimov 2007-yil boshida klub bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

2007-yil 6 dekabrda u Moskvaning „Lokomotiv“ klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi va 2009-yil 28-aprel oyida ishdan boʻshatildi. Oʻn toʻqqiz oydan keyin u „Amkar Permg“ jamoasiga qaytib keldi.

2011-yil 28-sentabr kuni „Amkar Perm“ prezidenti Gennadiy Shilov klubning natijalarining yomonligi sababli Rahimovning isteʼfosini qabul qilganini tasdiqladi.

2018-yil 5-sentabrda u yana Axmat Grozniy klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi (bu jamoan avvalgi Grozniynining „Terek“ jamoasi davomchisi hisoblanadi)[3]. U 2019-yil 30-sentyabrda jamoa Rossiya Premyer-ligasida 15-oʻrinni egallab turganligi sababli Axmat klubidan isteʼfoga chiqdi[4]. 2016/2017-yilgi mavsumda u Axmat klubini 5-oʻringa olib chiqdi, bu hali ham klub tarixidagi eng yuqori rekord hisoblanadi.

2020-yil 11-oktabr kuni Rahimov „Ufa“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi[5]. U 2021-yil 3-aprelda Moskvaning „Dinamo“ klubiga 0:4 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng „Ufa“ jamoasidan isteʼfoga chiqdi. Klub Rahimov istefosidan soʻng ham hamon u bosh murabbiy boʻlgan vaqtidagi 15-oʻrinni egallab turgan edi[6].

2023-yilning 12-aprelida Rahimov Qozonning „Rubin“ klubi bosh murabbiyi sifatida shartnoma imzoladi[7].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Spartak Moskva

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Player Profile & Stats (Wayback Machine saytida 2017-11-27 sanasida arxivlangan) on www.rusteam.permian.ru
  2. „Players Appearing for Two or More Countries“. RSSSF. Qaraldi: 2014-yil 2-iyul.
  3. „Рашид Рахимов – главный тренер ФК "Ахмат"“ (ru). FC Akhmat Grozny (2018-yil 5-sentyabr). 2021-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-avgust.
  4. „Рашид Рахимов покидает пост главного тренера футбольного клуба "Ахмат"“ (ru). FC Akhmat Grozny (2019-yil 30-sentyabr). 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-avgust.
  5. „Рашид Рахимов – главный тренер ФК Уфа!“ (ru). fcufa.pro/. FC Ufa (2020-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 11-oktyabr.
  6. „Рашид Рахимов покидает "Уфу"“ (ru). FC ufaw (2021-yil 3-aprel). Qaraldi: 2021-yil 3-aprel.
  7. „РАШИД РАХИМОВ – ГЛАВНЫЙ ТРЕНЕР «РУБИНА»“ (ru). FC Rubin Kazan (2023-yil 12-aprel).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Rashid Rahimov at National-Football-Teams.com Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
  • Rashid Rakhimov management career statistics at Soccerbase
  • Rashid Rakhimov at BDFutbol