Rahmonqul Orzibekov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rahmonqul Orzibekov — (1931, Jalolobod viloyati, Qirgʻiziston Respublikasi — 2011) adabiyotshunos, Filologiya fanlari doktori (1983), professor.

Rahmonqul Orzibekov
Tavalludi 1931-yil, 5-may
Qirgʻiziston Respublikasi Jalolobod viloyati
Vafoti 2011-yil
Mukofotlari „Shuhrat“ medali (1995)

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samarqand Davlat universitetini tugatgan (1956). Samarqand Davlat universiteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasi oʻqituvchisi (1956—1958), oʻzbek adabiyoti kafedrasi katta oʻqituvchisi, dotsent, professor (1961-yildan).

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Oʻzbek lirik sheʼriyatida gʻazal va musammam“, „Tuyuq poetikasi“, „Oʻzbek sheʼriyatida murabbaʼ“, „Oʻzbek sheʼriyatida sirli-sinkretik janrlar“, „Hozirgi oʻzbek sheʼriyatida anʼanaviy janrlar“ (hammuallif), „Oʻzbek sheʼriyati janrlari“ (2-qism), „Sheʼriy sanʼatlar tahlili“, „Oʻzbek adabiyoti tarixi (XVII-XVIII asrlar)“, „XIX asrning birinchi yarmi oʻzbek adabiyoti tarixi“, „Oʻzbek adabiyoti tarixi(milliy uygʻonish davri)“ va boshqa koʻplab monografiya, oʻquv qoʻllanmalari, maqolalar toʻplamlari chop etilgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan (1995)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 184 bet.