Rahma ibn Rohib Farg‘oniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rahma ibn Rohib Farg‘oniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Rahma ibn Rohib Fargʻoniy — muhaddis.

Rahma ibn Rohib Fargʻoniyning tarjimai holiga oid maʼlumotlar hozircha topilgan emas. Biroq, allomaning ismi hadis xabar bergan muhaddislar zanjirida zikr qilinganligi, uning bu ilm sohasida yuqori martabaga ega boʻlganligidan guvohlik beradi. Roviylar zanjiri tarkibida zikr qilinar ekan, “undan hadis Samarqandda rivoyat qilingan” degan jumla qoʻshib qoʻyilgan. Bu Uning dastlabki ta’limni Farg‘onada olib, keyinchalik Samarqandda faoliyatini davom ettirganligidan dalolat beradi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. – Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. – B. 714.