Qutlugʻ Muhammad Barlos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qutlugʻ Muhammad Barlos
Jon tortqon
Tavalludi XV
Vafoti XVI asrlar
Kasbi harbiy sarkarda
Dini Islom
Unvoni Bek

Qutlugʻ Muhammad BarlosZahriddin Muhammad Bobur tomonidan „Jon tortqon“ ta'rifi berilgan beklardan biri. Boburnomaga koʻra Boburning togʻosi Sulton Mahmudxon qoʻlida ham xizmat qilgan va uning izni bilan Boburni izlab topish va qutqarish ishlariga boshchilik qilgan. Boboyi Pargʻariy ismli bek va ikki navkar bilan birga uch kunlik qidiruvdan soʻng Boburni Karnon degan joydan topishgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Zahriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. Toshkent: Yulduzcha, 1989 — 107-108 bet. 
  2. Rustamjon Ummatov. Gʻaznai Namangon. Toshkent: Sharq — 94 bet.