Qumqishloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qumqishloq
ruscha: Кумкишлак
Shaharcha
39°03′29.5″N 66°45′08″E / 39.058194°N 66.75222°E / 39.058194; 66.75222 G OKoordinatalari: 39°03′29.5″N 66°45′08″E / 39.058194°N 66.75222°E / 39.058194; 66.75222 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Shahrisabz tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Vaqt mintaqasi UTC+5
Qumqishloq ruscha: Кумкишлак xaritada
Qumqishloq ruscha: Кумкишлак
Qumqishloq
ruscha: Кумкишлак

Qumqishloq (ruscha: Кумкишлак) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan[1].

Nomlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharcha nomi „qum“ va „qishloq“ soʻzlarining yigʻindisidan kelib chiqqan boʻlsa ham, bu yerda qum, tosh, shagʻal, kvars singari mayda zarralarning hech qanday aloqasi yoʻq. Shaharcha hududida bunday zahiralar aniqlanmagan. Bu shunchaki qumli joyda bunyod etilgan qishloq maʼnosida qoʻllaniladi degan taxminlar ham mavjud. Shuningdek, qum soʻzi xum soʻzining oʻzgangan varianti boʻlishi ham mumkin. Yaʼni qishloq avvvallari Xumqishloq deb nomlangan. Bu nom esa hududda xumdonlar mavjud boʻlganligidan dalolat beradi. Mahmud Qoshgʻariy oʻz asarlarida oʻrta asrlarda Qum shahri nomli joy boʻlganligini yozib oʻtadi. Uning tarifiga koʻra qum-xum-xun-xon-xona, dargoh, maskan, saroy, karvonsaroy, ibodatxona, maʼbad maʼnolarida oʻzgargan boʻlishi ham mumkin. Yaʼni Qumqishloq asli qoʻrgʻonli qishloq maʼnosini anglatgan.

Oʻxshash nomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eronda Qum shahri nomli maskan mavjud. Shuningdek, Zarafshon vodiysining yuqori qismida — Yagnobda qum qishlogʻi boʻlgan. Ustyurt platosida esa Qumkent nomli hudud bor[2].

Aholi maskanlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qumqishloq shaharchasida 15-sonli maktab va 33-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyat yuritadi[3]. Shuningdek shaharcha hududida Qum Qishloq jom’e masjidi[4], bolalar stadioni ham mavjud.

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qumqishloq shaharchaning iqlimi keskin kontinental bo'lib, yillik oʻrtacha harorat 14.7° darajaga teng. Yanvarning oʻrtacha harorati 0.8°, eng past harorati esa 26° darajani tashkil qiladi. Iyulning oʻrtacha harorati 28°, eng yuqori harorati esa 43° ga teng.

Yogʻin miqdori[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qumqishloq shaharchasiga yillik 545 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 219 kunni tashkil qiladi[5].

Tuprogʻi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qumqishloq shahri hududida boʻz, jigarrang va qoʻngʻir togʻ-oʻrmon tuproqlari keng tarqalgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]