Qullik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qullik — ekspluatatsiyaning tarixan dastlabki va eng qoʻpol shakli, unda qul i.ch. qurollari qatorida, oʻz xoʻjayini — quldorning mulki hisoblangan. Quldorlik tuzumiga asos boʻlgan. Q.ning manbai: urush yoki qaroqchilik paytida asir olingan begona qabila aʼzolari, jinoyat qilgan yoki qarzlarini toʻlay olmagan qabi-ladoshlar, shuningdek, qullarning tabiiy koʻpayishi, qullar savdosi va b. Quldorlar jabr-zulmi qullarning yirik qoʻzgʻolonlariga sabab boʻlgan (q.Spartak qoʻzgʻoloni).

Yaqin va Oʻrta Sharq musulmon mamlakatlarida Q. birmuncha keng tarqalgan. Islom dini musulmonlarni qul qilishni taqiqlagan, shuning uchun urushlar paytida asir tushgan va Yevropa, Osiyo va Afrika bozorlaridan sotib olingan gʻayridinlar Q.ning asosiy manbai boʻlgan. Musulmon Sharqi mamlakatlarida qullar ogir ishlarda — konlarda, qoʻshinlarda xizmat qilishgan (q. Mamluklar). Osiyo, Afrika va Amerika mamlakatlarining mustamlaka asoratiga solinishi munosabati bilan (16-a.) Q.ning yangi bos-qichi boshlangan. 17—19a.larda qul savdosi avj olgan. Amerikaga kelti-rilgan qullarning umumiy soni 10 mln. kishidan oshib ketgan. Plantatsiyalarda ogʻir mehnat qiluvchi qullarga ish hayvoni sifatida qaralgan. Kullar qarshiligining kuchayishi va Q.ka qarshi keng jamoatchilik harakatining avj olishi natijasida Q. bekor qilina boshlagan. Mas, AQShdagi fuqarolar urushi (1861—65) natijasida Q. bekor qilingan. Biroq Markaziy va Jan.Arabistonda va Afrikaning baʼzi mamlakatlari (Efiopiya, Nigeriya va b.)da q. 20-a.ning 50-y.larigacha saqlangan. BMT 1948 y. qabul qilgan Inson huquqi umumiy dekla-ratsiyasining 4-moddasida Q. va qul savdosining hamma turlari taqiqlanishi eʼlon qilingan. 1956 y. Jene-vada 59 davlat vakillari Q. qul sav-dosi va Q.ka oʻxshash odatlar (majburiy mehnat va b.)ni bekor qilishga doir konvensiya qabul qilishgan. Oʻrta Osiyo mamlakatlarida Q. klassik shaklda namoyon boʻlmagan. Bu yerla qullardan uy xizmatlari (qarollar), gʻulomlar va b. sifatida foydalanilgan. Harbiy ishga olingan gʻulomlar baʼzan, keyinchalik yirik lavozimlarga erishganlar (q. Sabuktegin).