Mamluklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mamluklar (arab. — qul, xususan — oq qul) — Misrda hukmronlik qilgan ayyubiylar sulolasi (1171 — 1250)ning soʻnggi hukmdorlari qoʻshinini tashkil qilgan, naslnasabi turkiy va Kavkaz xalqlari (gruzin, cherkas va b.)dan boʻlgan quljangchilar. Ularni yoshligidan oʻgʻirlab olib ketishgan va maxsus harbiy ilmga oʻrgatishgan. Ular nihoyatda qahrli, jasur boʻlgan. Eng jasurlari oddiy M.dan sarkarda, podsho darajasigacha koʻtarilgan. Ulardan ayyubiylarning xos qoʻshini (gvardiya) tashkil etilgan. M. 1250 y.dan Misrda (1517 y. gacha) va Suriyada (1516 y.gacha) davlatni mustaqil boshqarishgan. M.ning 2 sulolasi (Bahriylar va Burjiylar) mavjud boʻlgan (yana q. Mamluklar davlati). [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil