Qosimxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qosimxon
qozoqcha: Қасым хан
Qozoq xonligining xoni
Mansab davri
1511 – 1521
Avvalgisi Burunduqxon
Keyingisi Mamashxon
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1445-1455
Abulxayrxon xonligi
Vafoti 1518-1521
Saroychiq, Qozoq xonligi
Turmush oʻrtogʻi Xaniq Sulton Xonim Aysha
Bolalari oʻgʻillari: Mamash, Haqnazar, Abulxayr Sulton
qizlari: Qutluq Sulton Xonim[1], Buldur Xonim
Onasi Jahonbegim
Otasi Jonibekxon
Dini islom sunniylik

Qosimxon (qozoqcha: Қасым хан; 1445-1518-21[2]) — qozoq xoni, Joʻjixon avlodidan. Qozoq xonligining asoschilardan biri Jonibek sultonning oʻgʻli.

Qosimxonning onasi Jahonbegim Shayboniyxonning onasi Oqqoʻzibegimning singlisi boʻlgan. 1503-yilda akasi Adik sulton vafotidan soʻng ulus boshqaruvi Qosimxon qoʻliga oʻtgan. Garchi u oʻz ulusining sultoni boʻlsada xonlikda yuqori nufuzga ega boʻlib, oʻsha vaqtdagi qozoq xoni Burunduqxonning keyin turuvchi 2-shaxs hisoblangan. Uning harbiy yurishlardagi muvaffaqiyati, boshqa qozoq sultonlarini ham uning atrofiga birlashuviga sabab boʻldi. 1509-yilning 2-yarmida amalda butun hokimiyat Q. qoʻliga oʻtgan. Lekin 1511-yildagina rasman xonlik yorligʻiga ega boʻlgan. Uning hukmronlik yillarida xonlik hududi ken-gayib, hokimiyat boshqaruvi mustahkamlangan. Q. davlati tarkibita jan.-sharqda Yettisuvning bir qismi, shim-gʻarbdan Volga daryosining oʻng qirgʻoqlari, shim. va shim.-sharqda Ulugʻtogʻ etaklari va Balxash koʻli boʻylari, janubida Sirdaryoning oʻng qirgʻogʻigacha boʻlgan hududlar kirgan. q. shayboniy sultonlar bilan doimiy ravishaa Sirdaryo boʻyi shaharlari uchun jang olib borgan boʻlsa-da, ammo ularning Eron safaviylariga qarshi qurashini qoʻllab-quvvatlagan. 1513—14 yillarda Ismoil Safaviy qoʻshinlariga qarshi kurashish uchun shayboniylar bilan ittifoq tuzgan. Shuningdek, q. davrida Qozoq xonligi Moskva, shuningdek, Qrim va Yorkend xonliklari bilan ham turli sohalarda aloqalar olib borgan. Q. vafotidan soʻng birmuncha vaqt xonlik taxti boʻsh qolgan. Faqat 1522-yildagina uning oʻgʻli mamashxon taxtni egallashta muvaffaq boʻlgan. Ammo bu bilan taxt uchun kurash barham topmagan. Oqibatda ichki vaziyat q. tiklagan davlatning inqirozga uchrashiga sabab boʻlgan.

Avlodlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qosimxonning ikki o‘g‘li – Mamash va Haqnazarning ismlari ma’lum. Ikkalasi ham xon edi. O‘g‘li Abulxayr Sulton forslarga qarshi yurishda halok bo‘ldi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Документ 255 // Хозяйство джуйбарских шейхов. М.-Л. АН СССР. 1954. С. 242.
  2. БРЭ 2018.