Qon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qon — odam va umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasida aylanib yuradigan suyuq toʻqima; hujayra va toʻqimalarga yetib borib, ularning hayot faoliyatini hamda fiziologik funksiyalarining bajarilishini taʼminlaydi. Eritrotsitlarning tarkibidagi gemogyubin Q.ga qizil rang beradi. Q.ning tarkibi, osmotik bosimi va aktiv reaksiyasi (rN) deyarli oʻzgarmaydi. Q. organizmda xilma-xil vazifalarni bajaradi: u hujayralarga kislorod yetkazib beradi va karbonat angidrid gazini olib ketadi (nafas funksiyasi); ovqat hazm qilish aʼzolaridan oziq moddalarni butun organizmga tarqatadi (oziq moddalarni tashish funksiyasi); moddalar almashinuvi mahsulotini chiqarish aʼzolariga (buyrakka) olib boradi. Q. aʼzolarning gumoral aloqasini yuzaga chiqaradi, u gaz almashinuvi, nafas, suvtuz almashinuvi, kislota-ishqor muvozanatida ishtirok etadi. Q.da antitoksinlar, lizinlar va antitelolar borligi, shuningdek, leykotsitlar mikroorganizmlar va yot jismlarni qamrab yutish xususiyatiga ega boʻlganligi tufayli Q. organizmni zararli moddalar va yot jismlardan himoya qiladi. U gavda trasini doim bir maromda saqlashda muhim ahamiyatga ega.

Odamlarda 5,2 l cha Q. boʻladi. Q. suyuq qism — plazma (55—60%) va shaklli elementlar (40—45%) dan tashkil topgan. Q.ning shaklli ele-mentlari Q. yaratish aʼzolarida ishlanadi; Q. va qon yaratish aʼzolari — Q. yaratish sistemasini tashkil etadi.

Q. maxsus mexanizmlar orqali regulyatsiya qilinadi, shuning uchun sogʻlom odam qonining tarkibi oʻzgarmaydi. Organizmdagi har qanday oʻzgarishlarga nisbatan Q. javob reaksiyasi qaytaradi, yaʼni oʻz tarkibini oʻzgartiradi. Ayrim kasalliklarni, xususan, Q. sistemasi kasalliklarini aniqlashda Q. tarkibining oʻzgarishi muhim ahamiyatga ega.

Q. plazmasi vitaminlar, fermentlar, tuzlar va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlarini saqlaydi. Plazmaga erigan oqsillar, jigar hujayralari va retikuloendotelial sistema hosil boʻladi. Plazma oqsillari transport vazifasini bajaradi, kislota-ishqor muvozanatini tartibga solib turadi.

Q.ning shaklli elementlari asosan eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlarlem iborat.

Q. tarkibidagi uglevodlarga glyukoza va uning almashinuv mahsulotlari kiradi. Q.da 80—100 mg % gacha glyukoza, shuningdek, glikogen, fruktoza va oz miqdorda glyukozamin boʻladi. Uglevodlar va oqsillarning almashinuv mahsulotlari (glyukoza va b. monosaxaridlar, kislotalar, tuzlar va suv) ichak kapillyarlaridan oqayotgan Q.ga soʻriladi. Glyukozaning bir qismi aʼzo va toʻqimalarga tarqaladi, boshqa qismi esa jigarda glikogenga aylanadi.

Q.dagi lipidlar aralashmasi neytral yogʻlar, erkin yogʻ kislotalari va ularning parchalanish mahsulotlaridan, erkin va bogʻlangan xolesterindan, shuningdek, steroid gormonlaridan iborat. Neytral yogʻlar, glitserin, yogʻ kislotalari ichak shilliq qavatidan Q.ga qisman soʻriladi. Q. yogʻ emulsiyasini yog toʻqimalariga yetkazadi va u yerda zaxira holda saqlanadi. Q. tarkibida mineral moddalar (asosan, natriy va xlor) ham bor. Organizmning turli patologik holatlarida (kasalliklarida) Q.da qator oʻzgarishlar roʻy beradi, bu muhim diagnostik ahamiyatga ega. Q.ning tuzilishi, funksiyalari, kasalliklari va u bilan bogʻliq boshqa masalalarni gematologiya fani oʻrganadi.

Qonning fizik-kimyoviy xossalari[tahrir]

Qonning solishtirma massasi suvnikiga nisbatan bir oz kattaroq - 1,050-1,060 ga teng. Qon plazmasining solishtirma massasi 1,025- 1,034, shaklli elementIarining solishtirma massasi 1,090 ga teng. Ma'lumki, suvning yopishqoqligi 1,0 deb qabul qilingan. Qonning yopishqoqligi 5,0 ga teng. Qonning yopishqoqligi suv¬nikiga nisbatan yuqori bo'lishi tarkibidagi oqsil moddaIar va shaklli elementlar, ayniqsa, eritrotsitlar miqdoriga bog'liq. Terlash, qusish va ich ketish natijasida odam organizmi ko'p suv yo'qotsa, qon quyuqlashadi, ya'ni plazmasining miqdori kamayib, shaklli elementlarining miqdori ko'payadi. Bu esa qonning yopishqoqIigi ortishiga sabab bo'ladi. Qonning osmotik bosimi 7,6-S,1 atm ga teng. Uning 60% ini qonda erigan natriy xlorid tashkil etadi. Osmotik bosim osmometr yoki krioskop asboblari yordamida o'1chanadi. Qonning osmotik bosimi qon biIan h,ujayralar ichidagi va hujayralar tashqarisidagi suyuqliklarda suv va tuzlar almashinuvida muhim rol o'ynaydi. Osh tuzining 0,9% Ii eritmasi odam va barcha issiqqonli hayvonIar uchun ftziologik eritma bo'Iib hisoblanadi. Bundan yuqori konsentratsiyali eritmasi qon uchun gi pertonik, past konsentratsiyali eritmasi qonga nisbatan gipotonik eritmadir. Agar ozroq qon osh tuzining gi pertonik eritmasi bilan aralashtirilsa, eritrotsitIar ichidagi suv eritmaga o'tadi, chunki eritmaning osmotik bosimi yuqori. Buning natijasida eritrotsitlar suvsizlanib, ularning hajmi kichrayadi va burishib qoladi.Aksincha, qon osh tuzining gipotonikeritmasi bilan aralashtirilsa, eritmadagi suv eritrotsitlar ichiga kiradi va ular shi¬shib yoriladi. Bu hodisa gemoliz deb ataladi. Qon osmotik bosimining nisbiy doimiyligi ayirish organlari¬ning (buyraklar va teri) faoliyati orqali boshqariladi. Odam ko'proq sho'r ovqat, tuzli ichimlik iste'mol qilganda, ko'p terlaganda qonning osmotik bosimi oshadi. Lekin buyraklar siydik ajratishi kamayishi tufayIi ma'lum vaqtdan keyin qonning osmotik bosimi yana normaga keladi.

Qonning tarkibi[tahrir]

Probirkaga bir tomchi geparin moddasini tomizib, ustiga 2-3 ml qon quyib, sentrifugada bir necha minut davomida aylantirilsa, u ikki qismga: ustki qismida rangsiz qon plazmasiga, pastki qismida esa qonning qizil rangdagi quyuq qismi - shaklli elementlarga ajraladi (1-rasm). Shunday qilib, qon ikki qismdan iborat: birinchi qismi qonning suyuq qismi, ya'ni qon plazmasi, ikkinchi qismi qonning quyuq qismi, ya'ni shaklIi elementlaridir. Qon umumiy hajmining 55-60% ini qon plazmasi va 40-45% ini shaklli elementIar tashkil qiladi. Qonning o'rtacha miqdori katta odamda 5 I bo'Iib, u tana massasining o'rtacha 7% ini tashkil etadi. I kg tana massasiga o'rtacha 70 ml qon to'g'ri keladi. Bolalarda har I kg tana massasiga to'g'ri keladigan qon miqdori kattalarnikiga nisbatan ko'proq bo'ladi (5O-100 ml).[1] Qon plazmasi. Qon plazmasi qonning suyuq qismi bo'Iib, u murakkab aralashmadir. Uning tarkibida oqsiIJar, yog'lar, uglevodlar, mineral tuzlar, gormonlar, fermentlar, antitelalar va erigan holdagi gazlar (kislorod, kmTIonat angidrid kabilar) bo'ladi. Plazma tarkibida o'rtacha 90-92% suv, 7¬8% oqsillar, 0,9% tuzlar, 0,1% glyukoza, 0,8% yog'lar bo'ladi. Plazma kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega, ya'ni pHi=7,4. Qon plazmasi tarkibida or¬ganizmning hayoti - o'sishi va rivojlanishi uchun zamr barcha oziq moddalar bo'lib, ular ovqat hazm qilish organlaridan qonga so'riladi. Qonning doimiy harakati natijasida bu moddalar hujay ralarga o'tadi va o'zlashtiriladi.

Qon guruhlari 1901-yili avstriyalik olim K. Landshteyner, 1907-yili chex olimi Ya. Yanskiy turli odamlar qoni kimyoviy-biologik xossalariga ko'ra bir-biridan farq qilishini aniqlaganlar. Qonning eritrotsitlari tarkibida agglyutinogen, plazmasi tarkibida agglyutinin moddalari bo'lib, ularning har biri kimyoviy xossalariga ko'ra ikki turga bo'linadi, ya'ni agglyutinogen A va B, agglyutinin a va {3. Binobarin, bitta odam qonining eritrotsitlari va plazmasida bir xii belgiJi modda bo'lmasJigi kerak, ya'ni agglyutinogen A va agglyutinin a yoki agglyutinogen B va agglyutinin {3. Normada agglyutinogen A va agglyutinin {3 yoki agglyutinogen V va agglyutinin a bo'Jishi mumkin. Agglyutinogen A va V bo'lgan qonda agglyutininlar umuman bo'lmaydi. Aksincha, agglyutinin ava {3bo'lgan qonda agglyutinogenlar umuman bo'lmaydi. Ana shunga ko'ra, barcha odamlar qoni to'rt guruhga bo'linadi. I guruh - eritrotsitlarda agglyutinogen umuman bo'lmaydi plazmada agglyutinin ava {3 bo'ladi. Il guruh - eritrotsitlarda agglyutinogen A, plazmada agglyutinin {3 bo'ladi. m guruh - eritrotsitlarda agglyutinogen B, plazmada agglyutinin a bo'ladi. IV guruh - eritrotsitlarda agglyutinogen A va B bo'lib, plazmada agglyutinin umuman bo'lmaydi. Ounyodagi ko'p mamlakatlarda yashovchi odamlarning qon guruhlarini aniqlash natijasi shuni ko'rsatadiki, qoni I guruh bo'lgan odamlar ahoJining o'rtacha 40% ini, Il guruh - 39% ini, III guruh - 15% ini va IV guruh - 6% ini tashkil etadi. 1940-yiJi K. Landshteyner va Viner qoii'ning eritrotsitlarida agglyutinogen A va V dan tashqari, yana bir modda borligini aniqlab, uni rezus ami! (Rh-omil) deb atadilar. Bu omil 85% odamlar qonida bo'ladi va ular rezus musbat qonJi odam deb ataladi, 15% odamlarning qonida bu omil bo'lmaydi. Ular rezus manfiy qonli odam-deb ataladi. Rezus musbat qon rezus manfiy qonJi odamga quyHsa, birinchi martasida hech qanday noxush reaksiya ro'y bermaydi. Lekin rezus manfiy qonli odam qonida quyilgan rezus musbat qonga qarshi antitelalar (organizmda yot moddaga qarshi hosH bo'lgan, maxsus himoya xossasiga ega bo'lgan oqsil zarrachalari) hosH bo'ladi. Shu odamga ikkinchi marta rezus musbat qon quyilsa, uning qonida agglyutinatsiya hodisasi ro'y beradi. Qon guruhlari va rezus omil nasldan-naslga o'tadi. Agar er¬kakning qoni rezus musbat bo'Jib, ayolning qoni rezus manfiy bo'lsa, bino bo'lgan homilaga (bolaga) qon onadan o'tsa, uning qoni rezus manfiy bo'ladi. Bunday bola sog'lom tug'iladi. Aksin¬cha, rezus musbat qon bolaga otadan o'tsa, uning qoni ham otasinikiga o'xshab rezus musbat bo'ladi. Natijada ona va bolaning qoni bir-biriga to'g'ri kelmaganJigi uchun bunday bola gemoJitik kasallik bilan tug'iladi. Uning terisi va ko'zlari sariq, jigar va talog'i kat¬talashgan, qorni shishgan, tug'ilgan vaqtdan boshlab umumiy ahvoJi og'ir bo'ladi. Oavolash uchun bolaga qon quyib, qoni almashtiriladi. Qun quyish. Og'ir shikastlanganda va ko'p qon yo'qotilganda uzoq davom etadigan og'ir kasallikJarda bemorni davolash uchun qon quyish kerak bo'ladi. Bunda birinchi guruh qonni .hamma guruhga quyish mumkin. Birinchi guruh qonli odamlar qonini barcha guruhdagi qonli odamlarga berishi mum kin. Shuning uchun ular universal donor deb ataladi (boshqalarga qon beruvchi odam donor, boshqalardan qon oluvchi odam retsipient deb ataladi). lkkinchi guruh qonli odamlar ikkinchi va to'rtinchi guruh qonli odamlarga, uchinchi guruh qonli odamlar uchinchi va to'rtinchi guruh qonli odamlarga qon berishi mumkin. To 'rtinchi guruh qonli odamlar faqat shu guruh qonli odamlarga qon berishi mumkin, lekin o'zi hamma guruhdan qon oladi. Shuning uchun ular universal retsipient deb ataladi. Bemorga qon quyish o'ta mas'uliyatJi ish hisoblanadi. Agar qon guruhi noto'g'ri aniqlansa, bemor qon guryhiga to'g'ri kelmay¬digan qon quyilsa, donor qonining eritrotsitlari bilan bemor qonining eritrotsitlari bir-biriga yopishib qoladi, ya'ni agglyutinatsiya hodisasi ro'y beradi. Bunday hodisa ro'y berganida bemorning ahvoli birdaniga og'irlashadi, rangi oqarib, lablari ko'karadi, tanasi sovub qaltiraydi. Badanida qizil toshmalar paydo bo'ladi, nafas olishi qiyinlashadi. Agar bunda zudlik biJan yordam ko'rsatilmasa, bemor halok bo'lishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida keyingi yillarda faqat bir xii guruhdagi qon quyishga o'tish tavsiya etilmoqda.

Turli qon guruhlarining bir-biriga mos kelishi[tahrir]

Quyidagi qon guruhlari bo'lgan odamlar Quyidagi guruhlarga qon berishi mumkin Quyidagi guruhlardan qon qabul qilish mumkin I I.II.III.IV I II II.IV I.II III III.IV I.III IV IV I.II.III.IV Donorlik. Donorlik har bir odamning faxriy burchidir. 18 yoshga yetgan har bir sog'lom yigit va qiz, ayol va erkak donor bo'la oladi. Mamlakatimizda yuz minglab kishilar donorlardir. Ayniqsa, fashizmga qarshi kurash yillarida minglab. odamlar. ixtiyoriy ravishda qon topshirib, ko'plab yaradorlarning hayoti saqlab qoli¬nishiga va ular qaytadan safga qaytishiga hissa qo'shganlar. Hozirgi vaqtda ham minglab donorlar ko'plab bemorlarni davolashga, ularning hayotini saqlab qolishdek olijanob ishga hissalarini qo'shmoqdalar. Qadimgi Yunoniston, Misr, Rimda bemorlarni davolashda qonning ahamiyatini bilishgan. O'sha davrning tabiblari bemor¬larga boshqa odam qonini quyganlar, lekin ularda qon guruhi haqida tushuncha bo'lmaganligi sababl[ qonquyish taxminiy bajarilgan. Shl.ning uchun ayrim hollardagina quyilgan qon bemor qoniga to'g'ri kelib, yaxshi natija bergan bo'lsa, ko'pincha qon guruWari to'g'ri kelmasligi yomon oqibatlarga sabab bo'lgan. Chunonchi, Rim papa si Innokentiy VIII yosharish maqsadida uchta yigitning qonini quyishni buyurgan. Lekin u qon quyish natijasida halok bo'lgan. Qon guruWari aniqlanguncha qon quyish sohasidagi barcha urinishlar yaxshi natija bermagan.

Adabiyot[tahrir]

  • Bahromov S.M., Saidjalol Bahromov. Qon va uning kasalliklari, T., 1996.

Maqolalar[tahrir]

  1. QON AYLANISH SISTEMASI