Psyol yoki Psel (ukraincha: Псьол, Псел, Псло) — Rossiya Federatsiyasi va Ukraina hududlaridagi daryo. Dneprnit chap irmogʻi. Uzunligi 717 km, havzasining maydoni 22,8 ming km². Oʻrta Rossiya qirlaridan boshlanadi. Qordan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyidan 36 km da 55 m³/sek. Dekabrda muzlab, mart—aprelda muzdan boʻshaydi. Asosiy irmogʻi — Xorol (oʻngdan). Psel boʻyida Oboyan, Sumi, Gadyach shaharlari joylashgan.[1]