Pomuq (shaharcha)
Pomuq | |
---|---|
Shaharcha | |
39°1′30″N 65°5′3″E / 39.02500°N 65.08417°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qashqadaryo viloyati |
tuman | Mirishkor tumani |
Asos solingan | 1979 |
Qachondan beri shaharcha | 2009 |
Rasmiy til(lar)i | O'zbek |
Aholisi (2021) |
20 000 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | 75 |
Pochta indeks(lar)i | 191008 |
Avtomobil kodi | 70 |
|
Pomuq — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan.[1]
1979-yil Bahoriston tumani tashkil etilib, Pomuq qishlogʻi tuman markazi hisoblangan. Aholisi asosan chorvachilik, dehqonchilik va ekinlar bilan shugʻullanadi.
Pomuqdan yurtimizga taniqli, qishloq xoʻjaligi soxasida mardonavor mehnati bilan elu-yurtga taniqli boʻlgan, sobiq Bahoriston hokimi (1991-1995) Yazdurdi Saparov kabi insonlar yetishib chiqqan.
Aholi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharchada Pomuq, Gulobod, Bahoriston, Barhayot, Tinchlik va Yangi Qishloq mahalla fuqaolar yigʻinlari mavjud boʻlib, mahalla ichida 1-mitti tuman va 2-mitti tumanlar ham bor. Shaharchada asosan turkman, oʻzbek, tatar, tojik va rus millati vakillari istiqomat qilishadi. Aksariyat turkman millatiga mansub xalq. Turkmanlarda hozirgi kunda ham eski urf-odatlar saqlanib qolgan oilalar mavjud.
Tili
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rasmiy til oʻzbek tili. Aksariyat aholi turkman millatiga mansub boʻlganligi sababli Pomuqda turkman tilida soʻzlashiladi[manba kerak]. Pomuq turkman tili Oʻzbek tiliga juda yaqin[manba kerak]. Turkman tilining asosiy dialekti Tekin (Teke) hisoblanadi[manba kerak]. Pomuq turkman tili esa hozirga qadar oʻzbek tili bilan aralashuvi natijasida Pomuq shevasi paydo boʻlgan, buning asosiy belgilari: Turkman tilidagi „Öyde“ soʻzi Pomuq shevasida Oʻzbek tiliga yaqin qilib „Öyda“ deb talaffus qilinadi[manba kerak]. „Bilemokdym“ esa „Bilamoq“, „Gyzgyn“-"Qaynaq", „Ol“-"U" deb talaffus qilinadi[manba kerak].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pomuq hududi X-XI asrlardan mavjuddir. Pir Isʼhoq Muhammad (Isoq ota) IX-X asr oʻrtalarida Pomuq choʻli zaminida yashab oʻtgan. Xozirgi Pomuq hududida istiqomat qiluvchi Turkman xalqi XII asrda yuz bergan Xorazmshoxlar va Moʻgʻullar jangida Moʻgʻullarga qarshi jangda asir olinib janubga surgun qilinadilar va hozirgi Qashqadaryo viloyati, Pomuq hududiga kelib qoʻnim topadilar[manba kerak]. Ular kelguniga qadar kam sonli „Ata“ avlodi vakillari istiqomat qilib kelganlar[manba kerak]. Surgin qilingan Seljuk Bek boshchiligidagi turkman xalqi xozirgi kunga qadar mahalliy aholi sifatida yashab kelmoqdalar[manba kerak]. Sobiq Ittifoqning 26-noyabr 1948 yildagi koʻrsatmasiga asosan mamlakatimizning vodiy hududiga keltirilgan Qrim tatar xalqi 1979 yilda Oʻzbekiston SSR rahbari Sharof Rashidov koʻrsatmasiga asosan Qashqadaryo viloyatidagi Pomuq choʻlining sanoqli aholi istiqomat qilayotgan hududida yangi Bahoriston tumani tashkil etiladi va tumanda infrastrukturalar amalga oshirilishi, tuman hamda mahalliy aholini zamonaviylashtirish maqsadida Qrim Tatar xalqi keltiriladi[manba kerak]. Tumanda 1980 yillarda „Lenin bayrogʻi“ nomli tatar tilidagi gazetalar chop etila boshlaydi, „Bahoriston haqiqati“ gazetasi ham shular jumlasidan. Biroq 1989 yilga kelib tuman tugatiladi[manba kerak]. 1990 yil Oʻzbekiston mustaqillik ostonasida turgan bir paytda sobiq tumanlik boʻlmish Saparov Yazdurdi Taganovich sayi harakatlari tufayli Mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi, Qashqadaryo viloyatida Bahoriston tumani qayta tashkil etiladi va mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi, Qashqadaryo viloyati, Bahoriston tumani birinchi hokimi sifatida Saparov Yazdurdi Taganovich tayinlanadi[manba kerak]. Tuman shu davrlarda qishloq xoʻjalik va boshqa soxalarda rivojlanishda davom etadi[manba kerak]. Biroq 2003 yilga kelib tuman tugatiladi[manba kerak].
Korxona va tashkilotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharchada: Bahoriston elektr taʼminoti korxonasi, Tuman markaziy shifoxonasi, „Agrokimyoximoya“ Pomuq filiali, UzTelecom Pomuq filiali, Obodonlashtirish boʻlimi, Agrobank xizmatlari markazi, Xalqbank kirim kassasi, Pochta AB kabi korxonalar va ularning boʻlimlari mavjud.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]