Planetariy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sankt-Peterburgdagi planetariy ichida.

Planetariy (planetasayyora) ilmiy-maʼrifiy muassasa boʻlib, unda yulduz, sayyora, kometa va boshqa osmon jismlari tasvirlangan osmon sferasi modeli, sayyoralar panoramalari namoyish etiladi. Namoyishlar astronomiya, kosmonavtika, kosmologiyadan maʼruzalar bilan kechadi.

Planetariy (lot. planeta — sayyora) — 1) astronomik hodisalar (yulduzlar osmonining koʻrinishi, osmon sfera-sining aylanishi, Quyosh va sayyoralarning koʻrinma harakati, Yer sunʼiy yoʻldoshlarittt harakati; Quyosh va Oy tushiliishari va b.) ni maxsus ekranda koʻrsatuvchi apparat. Ekrani yarim sharni eslatuvchi gumbaz koʻrinishida boʻladi. Oylab va yillab kechadigan hodisalarni P.da bir necha min. mobay-nida namoyish qilish mumkin. Birinchi optik P. 1924 y. "Karl Seys" firmasi z-dida (Germaniya) yaratilgan. 20-a. 70-y.larda "Karl Seys" xalq korxo-nasi (GDR) P.ning 3 modelini ishlab chiqargan. P. apparatlari AQSH (Spitz), Yaponiya (Goto) va GFR (Zeiss) va b. mamlakatlarda ishlab chiqariladi; 2) astronomiya, kosmonavtika va Yer haqidagi fanlarga oid tadbirlar oʻtkaziladigan madaniymaʼrifiy muassasa. P.da astronomiya, geodeziya, geofizika va kosmonavtikaga doyr maʼruzalarni oʻqish mumkin. Birinchi P. 1925 y. Myunxenda qurilgan. Toshkentda P. 1963 y. hoz. Ab-dulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida qurilgan, 2003 y. P.ning yangi binosi ishga tushiridsi. [1]


Ilk planetariy 1925-yili Munxenda ochilgan. Hozirda dunyoda bir necha ming planetariy mavjud.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil