Pipe Dreams

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pipe Dreams: Water and Empire in Central Asia's Aral Sea Basin
Muallif(lar) Maya K. Peterson
Til inglizcha
Janr(lar)i tarix
antropologiya
Nashr etilgan sanasi 2019
Nashriyot Kembridj universiteti nashriyoti
Sahifalar soni 399
ISBN ISBN 978-1-108-47547-1 (qattiq muqova)
ISBN 978-1-108-46854-1 (yumshoq muqova)

Pipe Dreams: Water and Empire in Central Asiaʼs Aral Sea Basin“ (tarjimasi „Xom xayollar: Markaziy Osiyoning Orol dengizi havzasida suv va imperiya“) — amerikalik tarixchi Maya K. Peterson qalamiga mansub kitob. Ilk bor 2019-yil Kembridj universiteti nashriyotida chop etilgan. 2021-yil ayni nashriyotda yumshoq muqovada bosilib chiqqan. Kitobda Markaziy Osiyoda Rossiya imperiyasi hamda Sovet Ittifoqi davrida amalga oshirilgan va taklif qilingan yirik suv loyihalari haqida soʻz boradi.

Kitob Peterson Garvard universitetida yozgan PhD dissertatsiyasiga tayanadi[1]. Kitob muallifning Rossiya, AQSh hamda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi arxivlarda olib borgan tadqiqotlari mahsulidir. „Pipe Dreams“ Peterson 2021-yil kutilmaganda vafot etishidan oldin yozgan yagona kitobidir.

„Pipe Dreams“ taqrizchilar tomonidan yuqori baholandi. Xususan, Petersonning bir necha mamlakatda joylashgan arxivlarda izlanish olib borib, mukammal asar yozgani olqishlandi[2]. Indiana universiteti professori Marianne Kamp asarni „hayratlanarli darajada tez surʼatli, koʻp qirrali hamda xush koʻrib oʻqishga loyiq“ deya tasvirladi[3]. Merilend universiteti professori Sarah Cameron esa „Umuman olganda, kitob Rossiya va Sovet Ittifoqining atrof-muhit tarixiga yirik qoʻshimcha“ boʻlganini xulosa qildi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Craig Nation, R. (26–noyabr 2021–yil). „Rekindling the Strong State in Russia and China. Domestic Dynamics and Foreign Policy Projections: Stefano Bianchini & Antonio Fiori (eds), Leiden & Boston, MA: Brill, 2020, xxvi + 489pp., €164.00/497.00 h/b“. Europe-Asia Studies (inglizcha). 73-jild, № 10. 1979–1981-bet. doi:10.1080/09668136.2021.1977039.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. Bonier, Catherine (1–iyul 2020–yil). „Pipe Dreams: Water and Empire in Central Asia's Aral Sea Basin. By Maya K. Peterson. Cambridge: Cambridge University Press, 2019. xxii + 399 pp. Illustrations, maps, notes, glossary, bibliography, and index. Cloth 520.00, e-book $96.00“. Environmental History (inglizcha). 25-jild, № 3. 558–559-bet. doi:10.1093/envhis/emaa008.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  3. Kamp, Marianne (oktabr 2022–yil). „Pipe Dreams: Water and Empire in Central Asia's Aral Sea Basin by Maya K. Peterson“. Technology and Culture (inglizcha). 63-jild, № 4. 1185–1186-bet. doi:10.1353/tech.2022.0164.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  4. Cameron, Sarah (2–yanvar 2021–yil). „Pipe dreams: Water and empire in Central Asia's Aral Sea basin: by Maya K. Peterson, New York, Cambridge University Press, 2019, xxii + 400 pp., US$90.00, ISBN 988-1-1084-7547-1“. Central Asian Survey (inglizcha). 40-jild, № 1. 136–138-bet. doi:10.1080/02634937.2020.1852692.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]