Garvard universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Garvard universiteti - AQSH dagi qad. universitetlardan biri. 1636 y. kollej sifatida tashkil etilgan. Boston sh. yaqinidagi Kembrij sh.da joylashgan. 1639 y.dan kollejga oʻz mulkining yarmi va kutubxonasini vasiyat qilib qoldirgan ingliz vaziri, sanʼat ba-kalavri J. Garvard nomi bilan ataladi. 19-a.ning 1-choragida universitetga aylantirilgan. Un-t ijtimoiy, tabiiy va yuridik fanlar, tibbiyot, ped., amaliy fizika, siyosiy iqtisod, muhandislik va b. sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Untda 20 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kutubxonasi (1638 y. tashkil etilgan)da 8 mln.ga yaqin asar saqlanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil