Pinsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pinsk — Belorussiyaning Brest viloyatidagi shahar, Pina daryosining Pripyatga quyiladigan joyida. Temir yoʻl stansiyasi. Dare porti. Aholisi 132,6 ming kishi (1998). P.da yengil (trikotaj k-ti, sunʼiy charm, zigʻir tola zavodlari), yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Kema taʼmirlash, temir-beton buyumlari zavodlari ishlab turibdi. Belorussiya melioratsiya va suv xoʻjaligi i.t. institutining Polesye kompleks boʻlimi, drama teatri, tarixiy-meʼmoriy qoʻriqxona mavjud. Shahar 1097 y.dan maʼlum. 1318 y.dan Litva va Polsha tarkibida, 1793— 1917 y.larda Rossiya imperiyasi, 1921— 39 y.larda Polsha tarkibida. Fran-siskan kostyoli (16-a. boshlari), But-rimovich saroyi (18-a.) bor. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil