Brest viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Brest viloyatiBelarus Respublikasining jan.gʻarbidagi viloyat. 1939-yil 4-dekabrda tashkil etilgan. Brest viloyati da 16 tuman, 19 shahar va 10 shaharcha bor. Maydoni 32,3 ming km². Aholisi 1485 ming kishi (1999). Asosan belaruslar; shuningdek rus, polyak, ukrain va boshqalarlar yashaydi. Markazi — Brest shahri

Brest viloyati ning relyefi, asosan tekislikdan iborat. Janubiy va jan.sharqiy kismi Polesye pasttekisligining gʻarbiy qismini egallagan. Shim.gʻarbida Bug boʻyi, shim.da Baranovichi tekisliklari bor. Torf zaxirasi jihatidan Brest viloyati Belarusda 3oʻrinda turadi. Stolin rayonida oʻtga chidamli gil, Beryozovoda boʻr yotqiziqlari bor.

Iqlimi moʻtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 4°, iyulniki 18°. Oʻrtacha yillik yogʻin 550–650 mm. Yirik daryolari — Pripyat (irmoqlari — Yaselda, Pina), Stiryu, Gorinyu. Koʻllari — Vigonovskoye, Chernoye. Tuproklari bir oz podzollashgan, qumli, chimlipodzol va boshqa tuproklar. Torfli yerlar, botqoqliklar, oʻrmonlar (karagay, qayin, dub, olxa oʻsadi) koʻp. Viloyatning shim.da yirik oʻrmon qoʻriqxonasi — Belaya Veja pushchasi joylashgan.

Sanoati asosan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Goʻsht (Brest, Baranovichi, Pinskda), parrandachilik kombinatlari (Kobrin va Pinskda), sabzavot va meva konserva zavodlari (Kobrin va Lyaxovichida), moysir zavodi, spirt va kraxmal zavodlari bor. Oʻrmon va yogʻochsozlik sanoati ham muhim oʻrin tutadi, gugurt, fanera va turli mebellar ishlab chiqariladi. Oʻrmonkimyo sanoati korxonalari, Baranovichi, Brest, Pinsk shahri larida yengil sanoat korxonalari (tikuvchilik, poyabzal, trikotaj fkalari) bor. Mashinasozlik va metallsozlik sanoati barpo etilgan. Beryozovsk GRES qurilgan. Baranovichida stanoksozlik asbobuskunalari, Brestda gaz apparatlari va boshqa ishlab chiqariladi. Brestda gilam kombinati bor. Mahalliy torf asosida energetika rivojlangan. Asosiy ekinlari: javdar, bugʻdoy, suli, grechixa, arpa, makkajoʻxori; texnika ekinlaridan zigʻir, konoplya, qand lavlagi, kartoshka yetishtiriladi. Polizchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol boqish, qoʻychilik va choʻchqachilik katta oʻrin tutadi. Transportning asosiy turi — temir yoʻl transporti (Moskva—Brest temir yoʻl). Avtomobil yoʻli Brest viloyati ni boshqa iktisodiy rayonlar bilan bogʻlaydi. DneprBug kanalida kema qatnaydi. Brest viloyati da qurilish injenerlari va ped. instituti, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, 5 muzey bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil