Pifagor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pifagor (taxm. mil. av. 580, Samos — 500, Metapont) — yunon matematigi, faylasuf, quldor aristokratiyaning gʻoyaviy targʻibotchisi. 530 y.dan Jan. Italiyadagi Krotone sh.da, keyinroq Metapont sh.da yashagan. Kroto-neda falsafiy maktab, siyosiy partiya va diniy birodarlikni mujassamlashtirgan ittifoq (pifagorchilar itti-foqi) tuzadi. P. falsafasida son barcha narsaning mohiyati, olam esa sonlar va ular orasidagi munosabatlarning garmonik sistemasi, degan gʻoyalar ilgari surilgan.

Mat. tarixida P. geometriyaga sistematik isbot tushunchasini kiritib, uni abstrakt fan darajasiga koʻtargan, toʻgʻri chiziqli shakllar geomet-riyasini tuzgan, oʻxshashlik haqidagi taʼlimotni yaratgan, toʻgʻri burchakli uchburchak qaqidagi teoremani isbotlagan (bu teorema P.dan 1500 yil ilgari Misrva Bobilda isbotsiz maʼlum boʻlgan) (q. Pifagor teoremasi), ayrim munta-zam koʻpburchak va koʻpyoqliklarni yasagan deb hisoblanadi. Odatda, juft va toq, gub va murakkab, mukammal sonlar, arifmetik, geometrik va garmonik proporsiyalar P. nomi bilan bogʻla-nadi. P. maktabining mat.ni sistemalashtirishdagi roli katta boʻlgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Istoriya matematiki drevneyshix vremyon do nachala XIX stoletiya, t. 1., M., 1971.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil