Panama (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Panama — Panama Respublikasi poytaxti. Aholisi 669 ming kishi (1990-y.lar oxiri). Ikdimi subekvatorial, sernam iqlim. Oʻrtacha yillik t-ra 27°. Yillik yogʻin 1500—2000 mm. Panama kanaliga Tinch okean tomondan kiraverishdagi dengiz porti. T.y. va shosse yoʻl orqali Karib dengizi boʻyidagi Kolon porti bilan boglangan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Sha-har 1519 y.da indeyslarning Panama qishlogʻi yonida ispanlar tomonidan bunyod etilgan. 1903 y.dan mamlakat poytaxti. P. iqtisodiyoti kanaldagi kema qatnoviga xizmat koʻrsatish va port faoliyati bilan uzviy bogʻliq. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, koʻn-poyabzal, mebel, sement sanoati korxonalari mavjud. Esdalik buyumlari ishlab chiqariladi. Panama universiteti, Panama akademiyasi va b. akademiyalar, muzeylar, opera va drama teatrlari, konservatoriya va b. bor. 17—18-a.larga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil