Otabek Shomurodov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Otabek Shomurodov | ||
Tavallud sanasi | 21-iyul 1974-yil | ||
Tavallud joyi | Jarqoʻrgʻon tumani, Oʻzbekiston SSR | ||
Boʻyi | 1.81 m (5 ft 11 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1998–1999 | Surxon Termiz | 41 | (1) |
1999–2002 | Neftchi | 75 | (3) |
2002–2004 | Surxon Termiz | 52 | (8) |
2004–2005 | Soʻgʻdiyona Jizzax | 11 | (0) |
2005–2006 | Dinamo Samarqand | 26 | (1) |
2006 | Shoʻrchi Lochin | (11) | |
Milliy terma jamoa | |||
2000–2001 | Oʻzbekiston | 9 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Otabek Shamuradov (1974-yil 21-iyulda tug‘ilgan) — o‘zbek futboli yarim himoyachisi, 2000-yilgi Osiyo Kubogida O‘zbekiston terma jamoasi safida to‘p surgan. Farg‘onaning “Neftchi” jamoasida ham o‘ynagan.
Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
1998-yilgi mavsumda “Surxon” (Termiz) klubida O‘zbekiston oliy divizionida debyut qildi, ikki mavsumni shu yerda o‘tkazdi. 2000-yilda mamlakatning o‘sha davrdagi eng kuchli klublaridan biri – “Neftchi” (Farg‘ona) klubiga o‘tib, ikki yarim yil uning jamoasida to‘p surdi va shu vaqt ichida O‘zbekiston chempioni va kumush medali sovrindori bo‘ldi. 2002-yilning yozida “Surxon”ga qaytib, “So'g'diyona” (Jizzax) va “Samarqand-Dinamo” jamoalarida o'ynagan. Faoliyatini yakunlagandan so‘ng “Sho‘rchi” safida birinchi ligada o‘ynadi. U O‘zbekiston oliy divizionida jami 205ta o‘yin o‘tkazib, 13ta gol urgan.
Milliy terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]
U 2000 yilning 1 sentyabrida Iroq terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida O'zbekiston milliy terma jamoasi safida debyut qilgan . 2000-yil oktabr oyida Livanda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogi final turnirida ishtirok etib , guruh bosqichidan chiqa olmagan jamoasining uchta o‘yinida ham maydonga tushdi. Hammasi bo'lib 2000-2001 yillarda terma jamoa safida 9 ta o'yin o'tkazgan.
Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- O‘zbekiston chempioni : 2001
- O‘zbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2000
- O'zbekiston kubogi finalchisi : 2000/01
Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ukasi Ilhom (1984-yil) va jiyani Eldor (1995-yil) ham futbolchi.[1]
Otabekning Oybek va Og‘abek ismli bir qizi va ikki o‘g‘li bor, ular “Bunyodkor” maktabida futbol o‘ynaydi.[2]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 21-iyulda tugʻilganlar
- 1974-yilda tugʻilganlar
- Jarqoʻrgʻon tumanida tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Fargʻona sport kishilari
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Surxon klubi futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Dinamo Samarqand futbolchilari
- Shoʻrchi-Lochin futbolchilari
- O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2000 futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari