Ilhom Shomurodov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ilhom Shomurodov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ilhom Shomurodov
Tavallud sanasi 28-mart 1984-yil (1984-03-28) (40 yosh)
Tavallud joyi Jarqoʻrgʻon tumani,
Oʻz SSR, USSR
Boʻyi 183 cm (6 ft 0 in)
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004-2005 Surxon 10 (0)
2006-2007 Toʻpalang 27 (2)
2008 Mashʼal 25 (6)
2009-2016 Nasaf 180 (54)
2012 Bunyodkor 5 (0)
Milliy terma jamoa
2012-2014 Oʻzbekiston 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ilhom Shomurodov (1984-yil 28-martda tugʻilgan; Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek futbolchisi. Hujumchi.[1]

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilhom Shomurodov futbolchilar oilasida dunyoga kelgan, Akasi Azamat va ukasi Oʻzbekiston quyi ligalarida toʻp surgan. Uning eng mashhur qarindoshi, uning jiyani, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovdir.

Faoliyatini 2004-yilda Termizning „Surxon“ tarkibida boshlagan, 2005-yil oxirigacha bu jamoada 10ta uchrashuvda maydonga tushgan. 2006-yilda birinchi ligada toʻp surgan Sariosiyoning „Toʻpalang“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. „Toʻpalang“ klubida oʻtkazgan ikki mavsum davomida u 27 ta oʻyinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.

2008-yil boshida u oliy ligada Muborakning „Mashʼal“ klubiga oʻtib, bir mavsumda 25ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan. 2009-yilgi mavsum oraligʻida Qarshining „Nasaf“ klubiga oʻtib, 2012-yilning yoziga qadar oʻynab, 81 ta oʻyinda maydonga tushib, 41 ta gol urdi. 2012-yil oʻrtalarida Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasiga ijara asosida oʻtdi va beshta oʻyinda maydonga tushdi. 2013-yil boshida u „Nasaf“ga qaytdi. 2013-yil may oyida Oʻzbekiston Oliy ligaasida 150 uchrashuvini Nasaf tarkibida oʻtkazdi.[2] 2015-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Kubogi baxslarida 4 ta gol urib Nasaf jamoasining Kubok chempioni boʻlishida katta xissa qoʻshdi.[3] Shu mavsumning oʻzida „Nasaf“ klubining Oliy liga baxslaridagi 1000 goli muallifiga aylanib tarixga kirdi.[4] 2017-yilgi mavsum oldidan Ketma ket olingan jaroxatlar tufayli faoliyatini yakunlashga majbur boʻldi. [5]

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nasaf bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • O‘zbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2011
  • O‘zbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 2009 , 2010 , 2013 , 2014
  • O‘zbekiston kubogi sohibi: 2015-yil
  • O‘zbekiston kubogi finalchisi: 2011, 2013
  • O‘zbekiston Superkubogi sohibi: 2016-yil
  • OFK kubogi sohibi: 2011-yil

Bunyodkor tarkibida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ilhom Shomurodov - Transfermarket“. 2010da asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Ilhom SHomurodov oliy ligadagi 150-uchrashuvini o'tkazdi“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
  3. „Kubokning Qarshiga kelishidagi bosh "aybdorlar"“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
  4. „"Nasaf"ning 1000-goli muallifi - Ilhom SHomurodov!“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
  5. „Butsalarini mixga ilganlar“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.


Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]