Orkestr
Orkestr — musiqa asarini birglalikda ijro etuvchi cholgʻu asboblari yigʻindisi va shu asboblarni chaluvchi musiqaschilar kollektivi.
Orkestr (yun. orchestra — yunon teatrida sahnaning old maydonchasi) — turli musiqa cholgʻu asboblarini chaluvchilardan tuzilgan va ular uchun yaratilgan asarlarni birgalikda ijro etuvchi sozandalar jamoasi. O. kamer ansambldan dirijyor tomonidan boshqarilishi va baʼzi partiyalar yakka sozlarda emas, balki sozandalar guruhi tomonidan ijro etilishi bilan farqlanadi. Sozlarningturlari va tuzilishiga koʻra, O.lar simfonik orkestr, xalq cholgʻu asboblari O.i, kamer orkestr, puflamalar orkestri, torli cholgʻular O.i, estrada orkestri, jaz orkestri va b. turlarga boʻlinadi. Oʻzbekistonda O.larning barcha turlari mavjud.[1]
Havolalar [tahrir]
|
|
VikiOmborda Orkestr haqida turkum mavjud. |
Manbalar [tahrir]
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |