Orinoko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Orinoko (mahalliy indeyslar tilida Orinuku — daryo) — Jan. Ameri-kadagi daryo, Venesuela va Kolumbiyada. Uz. 2730 km, havzasining mayd. 1086 ming km2. Gviana yassitogʻligidan boshlanadi va Atlantika okeaniga botqoqli delta (mayd. 20 ming km2) hosil qilib quyiladi. Yuqori oqimida O.dan Kasikyare daryosi ajralib chiqib, Ama-zonkaning Riu-Negru irmogʻiga quyiladi. Meta irmogʻi quyiladigan joyga-cha serostona, tez oqadi. Oʻrta oqimida sersuv. Delta qismida daryo 36 tarmoqqa ajralgan. Yogʻingarchilik davri (apr.— sent.)da suv sathi 8—15 m gacha koʻtariladi. Bu vaqtda kemalar Kolumbiya che-garasigacha bora oladi. O. havzasidagi kema yoʻllarining umumiy uz. 12 ming km. Daryo okeanga yiliga 915 km3 suv, 45 mln.t oqiziq keltiradi. Quyi qismida yillik oʻrtacha suv sarfi 29 ming m3/sek. GES lar qurilgan. Baliq turi koʻp.

O.ning quyilish joyini 1498 y.da X. Kolumb, 1499 y.da A. Oxeda va A. Vespuchchi ekspeditsiyasi, oʻrta oqimini ispan sayyohi Diyego Ordas tadqiq qilgan. 1800 y.da nemis olimi A. Gumboldt fransuz botanigi E. Bonplan bilan birgalikda O. boʻylab sayohat qilib, uning Amazonka sistemasi bilan tutash ekanligini anikladilar. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil