Oqtepa (Toshhovuz, Turkmaniston)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oqtepa
shahar
42°3′0″N 59°24′0″E / 42.05000°N 59.40000°E / 42.05000; 59.40000 G OKoordinatalari: 42°3′0″N 59°24′0″E / 42.05000°N 59.40000°E / 42.05000; 59.40000 G O
Mamlakat Turkmaniston
viloyat Toshhovuz
Avvalgi nomlari Oq-Tepa, (1993-yilgacha Lininskiy)
Qachondan beri shahar 2016-yildan
Rasmiy til(lar)i turkmancha
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +993 (+993344)
Pochta indeks(lar)i 746300
Avtomobil kodi DZ
Oqtepa xaritada

Oqtepa (turkmancha: Akdepe) – Turkmanistonning Toshhovuz viloyatiga qarashli Akdepe hududining maʼmuriy markazi, hududdagi shahar. 2016-yildan boshlab shahar nomi bilan atalib kelinmoqda.

2009-yilgi statistikaga koʻra shahar aholisi 15580 kishini tashkil qilgan.

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkman tilidan tarjima qilingan „ak depe“ soʻzi „oq tepalik“ degan maʼnoni bildiradi. Turkmanistonda bu nom bilan atalgan bir nechta joylar bor va odatda bunday nomlar yaqin atrofdagi oq tepaliklarga tegishli[1]. Shahar aholisi ham boshqa hududlarda „oqtepaliklar“ nomi bilan mashhur. Shuningdek, Oqtepa nomi bilan mashhur Turkmanistonning Ashxabod viloyatiga tegishli qadimiy yodgorliklar topilgan manzilgoh ham mavjud. Ushbu qadimiy manzilgoh mil. av. 5-ming yillikning oxiri – 3-ming yillikning 2-yarmiga tegishli boʻlib, ushbu manzilda oʻtroqlashgan qabila vakillari istiqomat qilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oldingi ismlar – Ak-Tepe, 1993-yilgacha – Leninskiy nomi bilan shahar mashhur boʻlgan[2].

Sovet davrida 152-IAP bu erda joylashgan boʻlib, harbiy aerodrom va harbiylar uchun turar-joylar qurilgan. Bu shahar harbiylar shaharchasiga aylantirilgan.

2016-yil iyun oyida Turkmaniston Majlisining qarori bilan Oqtepa hududidagi Akdepe qishlogʻi ushbu shahar qatoriga kiritilgan edi. Shu bilan birga, Oqtepa hududiga Tyazeobadagi Gazakyap, Doʻstlik, Tyazeoba qishloqlari shahar tarkibiga kiritilgan[3][4].

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu shaharcha UrganchBeyneu yoʻnalishida Boldumsaz temir yoʻl vokzalidan 15 km uzoqlikda Shovot kanalida joylashgan. Shaharning bir qismi SSSR davrida Urganch hududida joylashgan. Ushbu hududning iqlimi salqin va qishda sovuq havo bosimiga ega. Hududda togʻli zonalar koʻpligi uchun yomgʻir koʻp yogʻadi va shaharda namlik yuqori.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Atanyýazow, Soltanşa. Түркменистаның Географик Атларының Дүшүндиришли Сөзлүги. Ылым, 1980 — 29–30 bet. 
  2. „Электронный бюллетень «Изменения географических названий государств-участников СНГ (обновленный по состоянию на 2019 г.)»“ (deadlink). 2020-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-iyun.
  3. „Об административно-территориальных вопросах Дашогузского велаята“. www.parahat.info. 2019-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-iyun.
  4. „Постановление Меджлиса Туркменистана“ (ru) (deadlink). tdh.gov.tm. 2016-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-iyun.