Toshhovuz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Dashoguz
Mamlakat Turkmaniston
Viloyat Dashoguz viloyati
Koordinatalari 41°49′0″N 59°58′15″E / 41.81667°N 59.97083°E / 41.81667; 59.97083Koordinatalari: 41°49′0″N 59°58′15″E / 41.81667°N 59.97083°E / 41.81667; 59.97083
Xokim Mametniyoz Nurmamedov[1]
Asos solingan 1681
Avvalgi nomlari Toshhovuz, Dashxovuz
Rasmiy tili Turkman tili
Aholisi 285 360 
Milliy tarkibi turkmanlar, oʻzbeklar, ruslar, tatarlar, qozoqlar
Konfessiyaviy tarkibi musulmonlar, xristianlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +993 322
Pochta indeksi 746300
Avtomobil kodi DZ
Toshhovuz (Turkmaniston)
Dashoguz

Toshhovuz (Dashhovuz) — Turkmanistonning Toshhovuz viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Turkmanistonning shimolida, Toshhovuz vohasida joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Toshhovuzdan Ashxobodgacha 635 km. Aholisi 285 360 kishi (2013).

Tarixi[tahrir]

Toshhovuz 1816-yilda Xiva xonligi qalʼasi sifatida Xiva xoni Muhammad Rahimxon I (1806—1825) tomonidan qurdirilgan. [[1873-yil ]]da Xiva xonligi tarkibida Rossiya imperiyasi protektoratiga kiritilgan[2]. 1920-yildan XXSRda; 1924-yildan shahar Turkmaniston tarkibidagi viloyat markazi; 1925-yildan Turkmaniston SSR okrug markazi. 1939— 63 yillarda viloyat markazi, 1970-yildan yana viloyat markazi[3] .

Meʼmorligi[tahrir]

Toshhovuz meʼmorligi qadim zamonlarda toshdan ishlangan hovuz va uning atrofida yuzaga kelgan qalʼa qurilishi bilan bogʻliq. Olloqulixon davrida qalʼa kengaytirilgan va Xiva xonligidagi eng mustahkam qoʻrgʻonlardan biriga aylantirilib, saroy barpo etilgan. 19-asr oxiriga kelib, turli urushlar natijasida qalʼaning saroy qismi vayronaga aylangan. Muhammad Rahimxon II (1864—1910) davrida saroy qayta tiklangan. 19-asr oxirlarida shaharda 3 darvoza (sharqiy, janubiy va saroy), 300 ga yaqin doʻkon va ustaxona, karvonsaroy, 6 masjid va Madrasa boʻlgan. Biroq saroy va boshqa imoratlardagi koʻplab nafis bezaklar, devoriy naqshlar tushib ketib, qayta tiklanmagan. 1950-yillardan shahar Shovot kanalining chap sohili boʻylab kengaytirila boshladi. Eski shaharning katta qismini tashkil etgan paxsali imoratlar oʻrnida gʻishtin va temirbeton binolar, temir yoʻl vokzali va boshqalar qurildi.

Ijtimoiy soha[tahrir]

Toshhovuzda paxta tozalash, yogʻmoy, pivo, sut, qishloq xoʻjaligi. mashinalarini taʼmirlash, qurilish materiallari, temirbeton buyumlar, grafitli elektrodlar zdlari, gilamchilik, tikuvchilik, konditer fkalari, goʻsht, don mahsulotlari ktlari ishlab turibdi. Aeroport, qishloq xoʻjaligi. texnikumi, tibbiyot va pedagogika bilim yurtlari, madaniyat va istirohat bogʻi bor.

Manbalar[tahrir]