Oq kishmish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oq kishmish — oʻrtapishar, mayizbop uzum navi. Vatani — Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq. Uning Kishmishi Safed, Bedona mayiz, Kishmish, Sultonina (Fransiya), Tompsson Sidlesse (AQSH) nomlari bor. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi oʻrtacha kattalikda, dumaloq, 3—5 boʻlakchali, guli ikki jinsli.

Uzum bo-shi oʻrtacha kattal i kda (boʻyi 17, eni 10 sm), shakli silindrkonussimon, shingillari zich. Gʻujumi urugʻsiz, yuma-rangi och sariq, yupqa, karsillaydi. Sentabr boshlarida toʻliq pishadi. Tarkibida 25—26% qand, 4—4,5 g/l kislota bor. O. navi qurgʻoqchilikka chidamli, sovuqqa chidamsiz. Kul, atrakioz, barg oʻrovchilardan zararlanadi. Hosildorligi 200—250 s/ga. Uzumi yangiligida yeyiladi, mayiz qilinadi. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida rayonlashtirilgan. Samarqand viloyatida koʻp ekiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil