Oliy choʻbin madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Oliy choʻbin madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Amir Nasrullo
Binokorlik tashabbuschisi Amir Nasrullo
Asosiy sana:
XIX asr
Holati Saqlanib qolmagan
Hujralar soni 6 ta


Oliy choʻbin madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Oliy choʻbin madrasasi Hoji Habibulloh guzarida, Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Nasrullo tomonidan bunyod etilgan. Madrasa choʻbin deb nomlanishiga asosiy sabab sinchdan ayvonli qilib qurilganligidir. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Mazkur hujjatda madrasa Hazrati Imlo mozorida joylashganligi yozilgan. Madrasa yogʻoch va xom gʻishtdan bunyod etilgan, 6 ta hujrasi mavjud boʻlib, yonida masjidi ham mavjud boʻlgan. Madrasa gʻarbidan koʻcha oʻtgan, shimolida Mulla Muhammad Sharif qorixonasi, janubida hovuz mavjud boʻlgan. Amir Nasrulloxon madrasa uchun Aloqabandon guzarida Oliy choʻbin madrasasi uchun bitta saroy vaqf qiladi. Mazkur vaqf hujjati 1277-yil muharram oyida (1860-yil iyul-avgust) rasmiylashtirilgan va Amir Nasrulloxon va bir qancha shaxslar muhrlari bilan tasdiqlangan. Oliy choʻbin madrasasini ayrim mualliflar Amir Haydarning xotini tomonidan qurilganligini yozgan. Abu Abdurahmon Abdulloh madrasani Amir Haydar tomonidan qurilganligi toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtgan. Hujjatlarida madrasada faoliyat yuritgan mudarrislar toʻgʻrisida ham maʼlumotlar mavjud. Jumladan mulla Faxriddin maoshi 7 tilla, mulla Abduqayum maoshi 18 tillani tashkil etgan. Madrasada mutavvali oʻqish jarayonlarini nazorat qilib turgan. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan[1]. Oliy choʻbin madrasasi 6 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592 bet.