Olim Odilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Olim Odilov

Olim Odilov 2007-yilda
Haqiqiy ismiOlim Odilov
Tavalludi 20-fevral 1963-yil (1963-02-20) (61 yosh)
Toshkent
Millati Oʻzbek
Sohasi badiiy tasvir
Oqim Realizm

Olim Odilov (mojarcha: Alim Adilov) — oʻzbek musavviri. Oʻz ishlarida asosan tabiatni va kishilarni tasvirlaydi. 1990-yillarning boshidan beri Vengriyada istiqomat qiladi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olim Odilov 1963-yil Toshkentda tugʻilgan. Otasi rassom boʻlgan. Odilov 1991-yil Londondagi sanʼat akademiyalardan biriga kiradi. Keyinchalik Vengriyaga koʻchib boradi va oʻsha yerda vengr ayol bilan oila quradi. Ularda ikki farzand bor.

Avval Sankt-Peterburgdagi Imperial Sanʼat Akademiyasida (ruscha: Императорская Академия художеств), keyin Londondagi Qirollik Akademiyasida (inglizcha: The Royal Academy of Arts (RA)) tahsil olgan.[1]

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Odilovning ijodiga oʻzbek madaniyati katta taʼsir koʻrsatgan. Odilov oʻz ishlarida kishilar, tabiat, oʻzbek madaniyati va vengr madaniyatini ifodalab kelmoqda. Rassom Vengr Sanʼat Birlashmasining aʼzosi. Odilov shu kungacha Moskva, Toshkent, Tokio, Kuala Lumpur, Budapesht, London, Abu Dabi kabi shaharlarda oʻz ishlarini koʻrgazmaga qoʻygan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Szendi, Horvath (2011). "The Ambassador of the Magical Orient, Interview with Alim Adilov". Diplomata (Diplomatic Magazine) (6): 46-48. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]