Odra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Odra

Odra, Oder (chex va polyak tilida Odra, nemis tilida Oder, lotin tilida Viadrina) — Gʻarbiy Evropadagi daryo. Chexiyadagi Odra togʻlaridan boshlanadi, soʻngra Polsha hududidan oqadi. Odraga Nisa-Lujitska daryosi qoʻshilgan joydan Grifino shahargacha Polsha va Germaniya oʻrtasida chegara vazifasini oʻtaydi. Boltiq dengizining Shchetsin qoʻltigʻiga quyiladi. Uz. 854 km, havzasining mayd. 119 ming km² ga yaqin. Nisa-Lujitska daryosi quyilgan joydan boshlab keng (eni 200 m dan ziyod) va sersuv. Quyi qismida 2 tarmoqqa boʻlingan. Qor va yomgʻirdan toʻyinadi. Quyilish joyida suv sarfi oʻrtacha 565 m³/sek. Elba va Visla daryolari bilan kanallar orqali tutashgan. Odra boʻyida Opole, Vrotslav, Shchetsin shaharlari joylashgan[1].

Odra, Oder (chex va polyakcha Odra; nem. Oder) — Gʻarbiy Yevropadagi daryo. Chexiyadagi Sharqiy Sudet togʻlaridan boshlanadi, soʻngra Polsha hududidan oqadi. O.ga Nisa-Lujitska daryosi qoʻshilgan joydan Grifino sh.gacha Polsha va Germaniya oʻrtasida chegara vazifasini oʻtaydi. Boltiq dengizining Shchetsin qoʻltigʻiga quyiladi. Uz. 891 km, havzasining mayd. 149 ming km2 ga yaqin. Nisa-Lujitska daryosi quyilgan joydan boshlab keng (eni 200 m dan ziyod) va sersuv. Quyi qismida 2 tarmoqqa boʻlingan. Qor va yomgʻirdan toʻyinadi. Quyilish joyida suv sarfi oʻrtacha 580 m3/sek, maksimali 3000 m3/sek. Dengiz yiliga 16 km3 suv keltiradi. Bahorda sersuv. Qish sovuq kelgan yillari muzlaydi. O.ning qu-yilish joyidan Kozle sh.gacha yirik kemalar qatnaydi. Elba va Visla da-ryolari bilan kanallar orqali tutashgan. O. boʻyida Ostrava, Opole, Vrotslav, Shchetsin, FrankfurtOder sh.lari joylashgan.[2]


Eslatmalar[tahrir]

  1. Odra. Encyklopedia PWN.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar[tahrir]