Vrotslav

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

VrotslavPolshaning jan.gʻarbidagi shahar. Vrotslav voyevodaligining maʼmuriy markazi. Odra daryosi boʻyidagi port. Aholisi 640 mingdan ziyod kishi (1990-y.lar oʻrtalari). V. yilnomalarda dastlab 980 y.da Breslavl nomi bilan tilga olingan. Bir necha asr nemislar qoʻl ostida (1945 y.gacha) Sileziyaning bosh shahri (Breslau) boʻlgan. V. yirik sanoat shahri va muhim t. y. tuguni. Transport mashinasozligi, stanoksozlik, priborsozlik, elektrotexnika, oʻlchov asboblari, kimyo, toʻqimachilik, tikuvchilik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. V.da universitet, ilmiy tadqiqot va politexnika institutlari, yirik ilmiy kutubxona, opera teatri, muzeylar, botanika va hayvonot bogʻlari bor. Shaharda meʼmoriy yodgorliklar koʻp: bir necha cherkov, ratusha binosi (14—16a.lar) va b. saqlangan.

Adabiyotlar[tahrir]