Oʻyinlar nazariyasi
O‘yinlar nazariyasi o‘yinlarda optimal strategiyalarni o‘rganuvchi matematik metoddir. O‘yin deganda, o‘zlarining manfaatlarini ko‘zlovchi ikki va undan ortiq tomonlar ichida boruvchi kurash tushuniladi. O´yinlar nazaroyasi matematikaning bir bo´limi hisoblanib, bir necha ishtirokchi (Agent)dan iborat sistemani tahlil qilish bilan shug´ullanadi. Shuningdek, o´yinlar nazariyasi sozial konflikt vaziyatida razional qaror qabul qilish yo´llarini ham o´rganadi. Klassik hisoblanuvchi "Qaror qabul qilish nazariyasi"dan farqli ravishda, o´yinlar nazariyasida o´rganiladigan qaror qabul qilish vaziyatlarida alohida ishtirokchi (Agent) ning muvaffaqiyati nafaqat o´zining hatti-harakatiga, balki boshqa ishtirokchilar hatti-harakatiga ham bog´liq bo´ladi.Ba´zida oýinni hazariy tahlil qilishnig matematikaga aloqador bo´lmagan qismini Oýinlar nazariyasi deb atashadi, masalan, Homo ludens, O´yin pedagogikasi, Ludologiya.
Kelib chiqish tarixi
O´yinlar nazariyasi avvaliga matematik o´yinlar nazariyasida asosiy e´tiborni shaxmat kabi oýinlarga qaratilgani sababli shunday atala boshlangan.Lekin amalda o´yinlar nazariyasi faqatgina o´yinlar bilan cheklanib qolmagani kabi, oýinlar nazariyasi yordamida haqiqiy oýinlardagi barcha vaziyatlarni o´rganish mumkin emas.
O´yinlar nazariyasida o´yin deganda bir nacha qatnashchidan iborat va bir-biriga o´z qarorlari bilan ta´sir etuvchi qarorlar qabul qilish vaziyati tushuniladi. O´yinlar nazariyasi nazariy qism va tahlil qilish instrumentlaridan iboratdir. O´yinlar nazariyasi eng avvalo Operations Research, iqtisodiyot, huqhuning bir sohasi hisoblanuvchi huquqnig iqtisodiy tahlili, siyosatshunoslik, soziologiya, psixologiya, informatika va 80-yillardan boshlab esa biologiya sohalarida qo´laniladi.