Oʻzbekistonda televideniye

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshkent teleminorasi

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1956-yil 5-noyabrda Toshkentda Oʻrta Osiyo mintaqasidagi birinchi telemarkaz qurilishi yakunlangan. Balandligi 180 metr boʻlgan teleminora ham qurilgan va oʻrnatilgan: 5 kVt quvvatga ega (video), 2,5 kVt (ovoz) va 4 kVt quvvatga ega bitta dasturli ultra qisqa toʻlqin chastotali modulyatsiya uzatgichi boʻlgan. Uning radiusi 60-70 km ga teng kelgan.

Toshkent telemarkazining qurilishi ikki yil davom etgan.

1961-yilda ITR-markazi yordami bilan minoraga ikkinchi televizion turniket antennasini oʻrnatilgan va 100 Vt quvvatli TRSA 12/12 uzatgich yordamida ikkinchi dastur efirga uzata boshlangan.

1967-yilda Yerning sunʼiy yoʻldoshlari (AES) „Molniya-1“ va „Molniya-2“ asosida „Orbita“ tizimi yaratilgan. Toshkentda „Orbita“ qabul qiluvchi stansiya qurilgan. Ularning yordami bilan Markaziy televideniyening uchta koʻrsatuvi efirga uzatila boshlagan.

1981-yilda Toshkent teleminorasi va radiotelevizion uzatish stansiyasi ishga tushirilgan. Teleminora qurilishi 1978-yilda L.Semashko, N. G. Terziev-Tsarukov, muhandislar E. P. Morozov, M. D. Musheevlar rahbarligida boʻlgan.

Mustaqillik yillarida teleradioeshittirish tarmogʻi toʻliq modernizatsiya qilingan. Barcha eski televidenie va radioeshittirish uzatgichlari zamonaviy uzatgichlarga almashtirilgan. 2001-2003-yillarda Toshkent teleminorasida televizion va radioeshittirish uzatgichlarini toʻliq almashtirish amalga oshirilib, 6 ta televizion va 4 ta radioeshittirish FM uzatgichlari oʻrnatilgan.

Toshkent teleminorasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent teleminorasi Markaziy Osiyodagi ochiq kuzatuv maydonchasiga ega eng baland inshootdir. Bu minora Oʻrta Osiyoda balandligi boʻyicha 420 metrlik Ekibastuz GRES-2 dan keyin ikkinchi oʻrinda turadi, uning balandligi 375 metrni tashkil etadi, dunyodagi oʻn ikkinchi eng baland teleminora boʻlib dunyodagi 38-oʻrinli mustaqil inshootdir. Teleminora 1978-yildan beri 6 yil ichida qurib bitkazilgan. 1985-yil 15-yanvar kuni foydalanishga topshirilgan.

Davlat telekanallari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibiga kiradigan davlat telekanallari:

Nomi Nima haqida
Oʻzbekiston universal
Yoshlar maʼlumot beruvchi
Sport sport
Navo musiqa
Kinoteatr kino
Bolajon bolalar uchun
Dunyo Boʻylab maʼlumot beruvchi
Madaniyat va Maʼrifat madaniyat
Oilaviy oila
Mahalla didaktik
Toshkent universal
PLAY TV universal
Oʻzbekiston 24 yangiliklar
UzHD universal

Pullik TV[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayni paytda Oʻzbekistonda eng keng tarqalgan Pullik TV operatori MMDS orqali analog formatda efirga uzatiladigan „Kamalak“ telekanalining davomchisi boʻlgan UZDIGITAL TV hisoblanadi. Shuningdek, ISTV, Turon Telekom, Gals Telecom, Sonet kabi boshqa operatorlar, mintaqaviy kabel televideniyesi studiyalari va boshqalar mavjud.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]