Nurota shahri yodgorligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nurota shahri yodgorligi
Manzilgoh Sayxunobod tumani Sirdaryo
Mintaqa Oʻzbekiston
Balandlik 15 m (49 ft)
Turi Aholi manzilgohi
Hudud 40-45 gektar
Tarix
Material Paxsa, pishiq gʻisht
Tashkil etilgan Mil. avv. IX—XI asrlar
Makon qaydlari
Arxeologlar Yuriy Buryakоv
А.Gritsinа

Nurota shahri yodgorligi – Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani, Sholikor jamoa xoʻjaligi hududida joylashgan yodgorlik. Shaharning maydoni 40-45 gektardan iborat boʻlgan. Hozirgi davrda yodgorlikning maydonining bir qismi oʻzlashtirib yuborilgan. Boshqa bir qismi ekin ekiladigan yerlarga qoʻshib olingan, bir qismi ustida zamonaviy qishloq joylashgan, qolgan 7,5 gektar balandlikda joylashgan hududi esa qabriston uchun ajratilgan. Nurota shahri IX asr oxirlarida, Sirdaryoning oʻng sohilidagi Banokat shahriga karvonlar oʻtuvchi, qoʻrgʻon qoʻnalgʻa sifatida vujudga kelgan[1]. Shahar hududida hayot XI asrning birinchi yarmigacha davom etgan. Nurota shahri hayotining ikkinchi yuksalish davri moʻgʻul istilolaridan keyingi paytga toʻgʻri keladi. Shahar oʻrta asrlarda Xushkat nomi bilan atalgan. Arxeolog Yuriy Buryakov boshchiligida 1970-yillarda CHoch – Iloq ekspeditsiyasi tadqiqotlarida 1984-yilda Sirdaryo otryadi sopol buyumlar, pishgan gʻishtlar namunalari va 1003—1004-yillarda ash Shoshda al-Odilxon nomidan zarb etilga qoraxoniy fuls tangasi topilgan[2]. 1987—1989-yillarda arxeolog A.Gritsina tomonidan qazishma ishlari oʻtkazilgan. Nurota shahri yodgorligidan qazib olingan sopol buyumlar qoldigʻi, numizmatikaga oid tangalar Xushkatning Choch (Shosh) bilan doʻstona munosabatda ekanligini isbotlaydi. Ikkinchi tarafdan esa, ushbu shahar Ustrushona shaharlari hamda somoniylarning Kultepa (Sovot) shahri oʻrtasida doimiy munosabat mavjudligini ashyoviy dalillar orqali koʻrsatadi. Nurota shahri xarobalarining tashqi qiyofasidan markaziy minora mavjudligi, shaharning shimol tomonidan janubiga markaziy yoʻl oʻtgan. Shahar taraqqiyotidsa Movarounnahrning janubdagi viloyatlarini shimol bilan birlashtiruvchi karvon yoʻli muhim rol oʻynagan. Arab geograflari maʼlumotiga qaraganda ushbu yoʻl Xovos hududidan oʻtgan. Ibn Xurdodbek maʼlumotlariga koʻra Xovosdan ash-Shosh daryosining sohiligacha 9 forsax boʻlgan. Soʻngra Banokat koʻprigidan oʻtilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Алибеков У, Маматов Ш „Қадимий Мирзачўлда шаҳарсозлик маданиятининг ривожланиши“. Qaraldi: 10-sentabr 2023-yil.
  2. To'ychiboyev B. Oʻlkа mоddiy mаdаniyati tаriхi. Guliston 2022 — 101 bet.