Norboy Karimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Norboy Karimov
Norboy G'aniyevich Karimov
Tavalludi 1967-yil
Baxmal tumani, Jizzax
Istiqomat joylari Jizzax, Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Ilmiy darajasi Iqtisod fanlari doktori

Norboy Gʻaniyevich Karimov (1967-yil, Jizzax viloyati Baxmal tumani) – iqtisod fanlari doktori, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1967-yilda Jizzax viloyati Baxmal tumanida tugʻilgan.

1987-1991-yillarda Toshkent xalq xoʻjaligi institutida tahsil olgan. 1992-1995-yillarda Toshkent moliya instituti aspiranturasini tamomlagan va 2005-yilgacha shu oliygohda katta oʻqituvchi, kafedra mudiri, dekani lavozimlarida ishlagan.

1998-yilda „Oʻzbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar va ularni moliyaviy taʼminlash“ mavzusida nomzodlik, 2007-yilda „Iqtisodiy integratsiya sharoitida investitsiyalarni moliyalashtirishning bozor mexanizmlarini joriy etish muammolari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

2005-2011-yillarda Toshkent bank kolleji direktori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim vazirligining rahbar va pedagog kadrlarni tanlash va boshqarish boshqarmasi hamda kasb-hunar kollejlari boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

2017-yildan – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Taʼlim sifatini nazorat qilish kafedrasi mudiri.

Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy kengashi aʼzosi.

80 dan ortiq ilmiy maqola va risolalar, 20 dan ortiq oʻquv qoʻllanmalar muallifi. Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiya, Malayziya, Shveysariya va Xitoyda amaliyot oʻtagan. 20 ga yaqin tadqiqotchilarning ilmiy ishlariga rahbarlik qiladi.

Tadqiqotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Tijorat banklarida buxgalteriya hisobi va operatsion texnologiyasi;

2. Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashning zamonaviy tizimi[2];

3. Iqtisodiy xavfsizlik;

4. Investitsion loyihalar uchun bank kreditlari;

5. Oʻzbekistonda lizing xizmatlarining rivojlanishi;

6. Biznes – tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini diagnostika qilish;

7. Innovatsion texnologiyalarni venchur moliyalashtirishni tashkil etish.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Narboy Karimov - Google Scholar Citations“. scholar.google.ru. 2021-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
  2. „Каримов Нарбой Ганиевич“. Qaraldi: 2023-yil 12-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]