Noranj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Noranj soʻzi himd tili leksikasi boʻlib, u eski oʻzbek tiliga fors-tojik tili vositasida oʻtib oʻzlashgan. Eski tojik tilida noranj-norinj va arabiylashgan shakli norang نارنگ — issiq mamlakatlar mevasi, poʻsti qalin, sariq rangli meva — apelsinning bir turi nomini ataydi. Alisher Navoiy asarlarida noranj tarzida qoʻllaydi: Nargis olur oʻlsa bodadin kom, Noranj terisidin yasar tom. (Layli va Majnun , 700) Hozirgi eroniy tillarda:tojik tilida noranj, fors tilida narendj, narandj, afgʻon tilida narandj kabi koʻrinishlarda uchraydi. Hozirgi arab tilida nordon apelsin(Baranov,1962, 1011) shaklida keladiki, bu tilda chetdan oʻzlashtirilgan. Noranj soʻzi hozirgi turkiy tillarning leksik qatlamida yoʻq.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]

  1. Vafoyev, Bahrom. Meva nomlari, "FAN" nashriyoti, Toshkent, 1991 — 151 bet. ISBN 5 - 648 - 01251 -9.