Nikitin Afanasiy
Afansiy Nikitin | |
---|---|
ruscha: Афанасий Никитин ruscha: Офонас Тферитин | |
Tavalludi |
XV asr (?) Tver, Tver knyazligi |
Vafoti |
1475 (Smolensk knyazligi), Buyuk Litva knyazligi |
Fuqaroligi | Principality of Tver |
Afanasiy Nikitin (ruscha: Афанасий Никитин; XV asr (?), Tver – 1475) — rus sayyoxi, tverlik savdogar. 1466-yil Tver shahridan chiqib jan.ga ketayotgan karvonlar bilan birga Volga daryosi va Kaspiy dengizi orqali Darbandga, Shemaxa xonligi orqali Bokuga yetib kelgan. Sungra Eron orqali yurib 1469-yil Xoʻrmuz shahriga, undan Arabiston dengizini suzib utib Hindistonga yetib borgan va oʻsha yerda kariyb 3 yil yashagan. Vataniga qaytishda Afrika sohilida (Somali), Arabiston yarim orolda (Maskat) boʻlgan. Soʻngra yana Eron shaharlari orqali yurib Trabzon shahriga yetib boradi. Qora dengizni suzib oʻtib, 1472-yil Kafa (Feodosiya) shahriga, undan Kiyevga yetib borgan.
Tverga qay-tishda vataniga yetmasdan oʻsha yili kuzda Smolensk shahri yaqinida vafot etgan. Sayohat davomida N. Hindistonning ijtimoiy tuzumi, davlatni boshqarish, xoʻjalik hayoti, dini, xalqining urf-odati, qisman tabiati haqida xil-ma-xil maʼlumotlar toʻpladi. Hindiston va Eronda barcha koʻrgan-kuzatganlari haqidagi xotiralarini, shuningdek, Shri Lanka, Xitoy va boshqa mamlakatlar haqida boshqalardan eshitganlarini "Uch dengiz osha" kundalik daftariga yozib qoldirgan. Undagi aniq faktik materiallar Hindistonning oʻsha davrdagi ijtimoiy hayoti haqida muhim manbadir. Tver shahrida 1955-yilda N.ga xaykal qoʻyilgan.
Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Vitashevskiy M.N., Stranstviya Afanasiya Nikitina, M., 1972.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |