Negeri Sembilan davlat masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Negeri Sembilan davlat masjidi
malaycha: Masjid Negeri, Negeri Sembilan
Koordinatalar 2°43′20″N 101°56′33″E / 2.7222°N 101.9425°E / 2.7222; 101.9425 G OKoordinatalari: 2°43′20″N 101°56′33″E / 2.7222°N 101.9425°E / 2.7222; 101.9425 G O
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Modernist va Minangkabau meʼmorchiligi
Meʼmor Dato Baharuddin Abu Kassim, Jurubina Bertiga Ove-Arup
Binokorlik 19651967
Minoralar soni 10

Negeri Sembilan davlat masjidi (malaycha: Masjid Negeri, Negeri Sembilan) – Malayziyada joylashgan davlat masjidi. Bino Malayziyaning Seremban shahridagi koʻl bogʻlari yaqinidagi Jalan Datuk Hamzada joylashgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻsha paytda hududda davlat masjidi boʻlmaganligi sababli Negeri Sembilanning bosh vaziri YAB Tan Sri Dr. Mohd Said bin Muhammad yildan-yilga ortib borayotgan ziyoratchilarni sigʻdira olmaydigan Jamek Bandar Seremban masjidi oʻrniga taxminan 2 gektar yer maydonida boshqa bir davlat masjidini qurdirgan.

Negeri Sembilan davlat masjidi 1965–1967-yillarda bunyod etilgan. Bino 1967-yil 24-noyabrda negeri sembilanlik marhum Yang di-Pertuan Besar Almarhum Tuanku Jaafar ibni Almarhum Tuanku Abdul Rahmon tomonidan rasman ochib berilgan.

Qurilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid oʻzining meʼmoriy dizaynida modernist va anʼanaviy Minangkabau[1] elementlarining uygʻunligini namoyish etadi.

1967-yilda qurilgan davlat masjidining dizayni oʻzining ramziy maʼnosiga ega. Inshootning toʻqqizta ustuni[2], toʻqqizta boʻshliq va toʻqqizta qoʻshimcha ayvonlari Negeri Sembilan bir vaqtlar 9 maʼmuriy tumanga ega shtat boʻlganligini anglatadi. Masjid shahar markazidagi Taman Tasik Seremban yaqinida barpo etilgan. Masjid, shuningdek, shtat hukumatining maʼmuriy markazi, yaʼni Wisma Negeri, Wisma Federal, Shtat Qonunchilik Assambleyasi va Istana Hinggapga ham yaqin hududda joylashgan.

Negeri Sembilan davlat masjidi 3 qavatdan iborat. Birinchi qavatda hammom, tahorat xonasi, maʼruza xonasi, Islom kutubxonasi va masjid maʼmuriyati joylashgan. Ikkinchi qavatda asosiy namoz oʻqish zali, shuningdek, yon namozxona joylashgan. Bundan tashqari, masjidning yon qismida minora ham mavjud.

  1. „Masjid Negeri Sembilan“.
  2. „https://www.holidify.com/places/seremban/negeri-sembilan-state-mosque-sightseeing-1262043.html“.